Tojikiston Majlisi Oliy Majlisi Milliy raisi Rustam Imomali boşçiligidagi delegatsiya 4-noyabr kuni Özbekistonga taşrif buyurdi. Taşrif doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uçraşuv ötkazilib, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Foto: Senat

Taşrifning dastlabki qismida delegatsiya vakillari «Yangi Özbekiston» boğiga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qöydi. Şuningdek, «Yangi Toşkent şahrini barpo etiş» direksiyasi faoliyati bilan tanişdi. Yangi Özbekiston universiteti hamda Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif davomida mamlakatimizda taʼlim va ilm-fan hamda boy tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş va dunyoga tanitiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berildi.

Foto: Senat

Şundan söng, Tanzila Norboyeva va Rustam Imomali boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazildi.

Foto: Senat

Uçraşuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, transport va çegaraoldi infratuzilmasini takomillaştiriş masalalari ham körib çiqildi. Toşkent va Duşanbe şaharlari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş istiqbollari yuzasidan ham fikr almaşildi.

Foto: Senat

Tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalaniş, taʼlim va innovatsiya sohalari hamda madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş muhimligini ham qayd etdi.

Foto: Senat

Uçraşuv yakunida Oliy Majlis Senati va Tojikiston Majlisi Oliy Majlisi Milliy örtasida 2027–2028-yillarga möljallangan hamkorlik böyiça «yöl xaritasi» imzolandi. Uşbu hujjat parlamentlar örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlab, qardoş mamlakatlar strategik şerikligini yangi mazmun bilan boyitişga xizmat qiladi.