Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Ço Çjon Şikning taklifiga binoan uşbu mamlakatda rasmiy taşrif bilan bölib turibdi.

Taşrif doirasida 9-noyabr kuni Senat raisi Janubiy Koreya prezidenti Li Çje Myon bilan uçraşdi.

Muloqotda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreya rahbariga samimiy salomi va ezgu tilaklari yetkazildi. Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş hamda parlamentlararo aloqalarni faollaştiriş masalalarini muhokama qildi.

Asosiy eʼtibor qiymati qariyb 12 milliard AQŞ dollarini taşkil etuvçi istiqbolli loyihalarni amalga oşirişga qaratildi. Xususan, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş va hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, oliy darajada erişilgan kelişuvlarning ijrosini qonunçilik jihatidan taʼminlaş, parlament nazoratini kuçaytiriş va ikki davlat qonun çiqaruvçi organlari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuvda taʼlim, soğliqni saqlaş, ilm-fan va yuqori malakali kadrlar tayyorlaş sohalaridagi aloqalarni rivojlantirişga ham eʼtibor qaratildi. Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan Özbekiston fuqarolari uçun munosib şaroitlar yaratiş masalasi ham muhokama qilindi.

Janubiy Koreya startaplari Özbekistonga jalb qilinişi mumkin

Rasmiy taşrif davomida Özbekiston parlament delegatsiyasi Seul şahridagi Seoul Startup Hub Gongdeok startaplarni qöllab-quvvatlaş markazi rahbari Kim Çon U bilan ham muzokara ötkazdi.

Uçraşuvda Özbekistonda startap ekotizimini rivojlantiriş, innovatsion loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ikki mamlakat texnologik kompaniyalari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlari körib çiqildi.

Kim Çon U Özbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantiriş uçun yaratilgan şaroitlar, malakali IT-mutaxassislar salohiyati, xorijiy startaplar uçun joriy etilgan soddalaştirilgan viza tartiblari va davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini yuqori baholadi.