Özbekiston Respublikasi prezidenti “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oşiriş, energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişning tezkor çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutuvçi 2019-2022 yillarda Özbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oşiriş, energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş kompleks dasturi ma'qullandi:
a) quyidagilarni:
qayta tiklanuvçi energiya manbalarini yanada rivojlantirişning maqsadli parametrlarini tasdiqlaş, ularning uluşini 2030 yilga borib elektr energiyasini işlab çiqariş umumiy hajmining 25 foizidan köproğiga yetkaziş;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oşiriş hamda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça “Yöl xaritasi”ni tasdiqlaş;
b) mintaqalarda ijtimoiy soha obektlarini (ta'lim muassasalari, şu jumladan, maktabgaça ta'lim muassasalari, soğliqni saqlaş obektlarini) energiya resurslari bilan uzluksiz ta'minlaş, şuningdek:
issiq suv va elektr energiyasi bilan ta'minlaş uçun zamonaviy quyoş fotoelektrik stansiyalari va quyoş suv isitkiçlarini (markazlaştirilgan issiqlik ta'minoti tizimlariga ulangan obektlar bundan mustasno), şuningdek, energiya samarador, şu jumladan, bivalent isitiş tizimlarini bosqiçma-bosqiç örnatiş, xususan, zamonaviy issiqlik nasoslari va rekuperatorlarini joriy etiş;
binolarning issiqlik himoya tizimini yaxşilaş, ikki kamerali va energiya samarador deraza bloklarini, svetodiodli manbalarni öz içiga olgan sensorli datçiklar, şuningdek, havo rekuperatorlari va boşqa tizimlarni örnatiş hisobiga Nukus şahrida, viloyat markazlarida va viloyatlarning şaharlarida energiya iste'molini kamaytiriş çora-tadbirlarini amalga oşiriş;
v) xususiy xonadonlarda quyoş fotoelektrik stansiyalari (örtaça 2 kVt) va quyoş suv isitkiçlarini (örtaça 200 litr) örnatiş;
g) maişiy iste'molçilarning, şuningdek, yuridik şaxslarning nostandart gaz-gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almaştiriş;
d) Quyoş fotoelektrik stansiyalari va quyoş suv isitiş qurilmalari bilan jihozlaş tavsiya etiladigan davlat organlari va taşkilotlarining ma'muriy binolari va infratuzilma obektlari röyxatini 3-ilovaga muvofiq tasdiqlaş.
Özbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlarining mablağlari, jismoniy va yuridik şaxslarning özlariga tegişli mablağlari, şuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlarining imtiyozli kredit resurslari, xorijiy donorlarning texnik kömagi mablağlari (grantlari) Kompleks dasturning çora-tadbirlarini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kompleks dasturni amalga oşirişga kredit resurslarini va texnik kömak mablağlari (grantlarni) jalb etiş maqsadida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya taşkilotlari va xorijiy donorlar bilan muzokaralar olib boradi.












