2019 yilning birinçi yarim yilligida yoşlar örtasida 3956ta jinoyat sodir etilgan bölib, ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 6409tani taşkil qilgan edi.

Bu haqda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a'zosi Boymatjon Rasulov ma'lumot berdi.

«Yoşlar örtasida sodir etilayotgan jinoyatlar soni ötgan yilning dastlabki olti oyiga nisbatan 38 foizga kamaygan bölsa-da, ularning umumiy jinoyatlardagi qismi 27 foizni, şu jumladan işlamasdan yurib, jinoyat sodir etganlari 1559 nafarni taşkil qilmoqda», – deya Senat yalpi majlisida ma'ruza qilgan Rasulovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.