Sartaroşning “tavsiyasi”

Farğonalik A.Ye. 2023-yil kuzida haydovçilik guvohnomasi oliş uçun Marğilon şahridagi avtomaktabda öqigan. Öqişni tamomlagaç, Farğona şahridagi imtihon markaziga borib, imtihon topşirgan. Biroq imtihondan ötolmagan. Yaʼni, u garçi avtomaktabda öqigan bölsa-da, imtihon ötolmagani sababli haydovçilik guvohnomasi ololmagan.

A.Ye. 2024-yil bahorida bir mahallada yaşovçi sartaroşning oldiga soç oldirişga borgan. Özaro suhbatda sartaroşga haydovçilik guvohnomasi olmoqçi ekanini, lekin imtihonlardan ötolmayotganini aytgan. Şunda sartaroş unga Abdulvosit ismli şaxs haydovçilik guvohnomasi olib beriş bilan şuğullanayotganini maʼlum qilib, uning telefon raqamini bergan.

A.Ye. Abdulvositga qönğiroq qilgan hamda haydovçilik guvohnomasi olmoqçi ekanini bildirgan. “Böldi, haydovçilik guvohnomasi qilib beraman, 500 dollar böladi”, degan Abdulvosit. U bu vaʼdaga işonmasdan avval haydovçilik guvohnomasini qöliga olişini, keyin pulni berişini aytgan. Abdulvosit bu şartga rozi bölgan.

Oradan bir neça kun ötib, ular uçraşgan: A.Ye. Abdulvositga fotosurat va pasportidan nusxa bergan. Yana bir neça kundan söng esa Abdulvosit A.Ye.ga qönğiroq qilib, ertaga Toşkent şahri Yunusobod tumani davlat xizmatlari markaziga kelişini tayinlagan.

A.Ye. aytilgan vaqtda Yunusobod tumani davlat xizmatlari markaziga borgan. Markaz oldida Abdulvosit unga eski namunadagi qalbaki haydovçilik guvohnomasi va talonini bergan. “Içkariga kirib, haydovçilik guvohnomasini almaştiriş uçun kelganingni aytasan”, deya tuşuntirgan u.

A.Ye. markazga kirib, qölida bölgan qalbaki haydovçilik guvohnomasi va boşqa hujjatlarni markaz xodimiga topşirgan. Xodim uni fotosuratga tuşirgan hamda haydovçilik guvohnomasini almaştiriş uçun davlat bojini tölab kelişni aytgan. A.Ye. kassaga borib, davlat bojini tölagan.

Şu tariqa, imtihondan ötolmagan A.Ye. 10-15 daqiqada yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasini olib, davlat xizmatlari markazidan çiqib ketgan. Taşqarida uni kutib turgan Abdulvositga kelişilgani kabi 500 dollar bergan.

Bu soxta “prava”lar işidagi bir epizod. Iş doirasida şu kabi mingdan ortiq holat bor.

Abdulvosit kim?

Hatto imtihondan ötolmaganlarga ham 10-15 daqiqada “prava” olib bergan Abdulvosit aslida kim?

Özining suddagi körsatmasiga köra, uşbu şaxs Rossiyada işlab yurib, qalbaki hujjatlar yasaş bilan şuğullanib kelgan. Unga 2024-yil boşlaridan Özbekistondan haydovçilik guvohnomalariga buyurtmalar tuşa boşlagan. Moskva şahrida Telegram orqali buyurtmalar olib, tayyorlab bergan hamda Özbekistonga jönatib turgan. Unga Qahramon Qurbonov ismli şaxs har bir guvohnomani 50 dollardan qilib beriş şarti bilan buyurtma bergan.