JIB Mirobod tuman sudida Demokrat.uz naşri rahbari F.M. va bloger A.Ğ.ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni tugadi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati rasmiy axborot berdi.
Maʼlum qilinişiça, 11-noyabr kuni eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq F.M. Jinoyat kodeksining 165 (tovlamaçilik), 168 (firibgarlik) va 248 (öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalarida, A.Ğ. 165-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sud hukmi bilan 28 yoşli F.M.ga 10 yil 3 oy, 35 yoşli A.Ğ.ga esa 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş, F.M.dan jinoyat doirasida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni undiriş belgilangan.
Birinçi instansiya sudi hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartibda apellyatsiya/kassatsiya şikoyati beriş va protest keltirişga haqli ekani maʼlum qilingan.
Toşkent şahar IIBB axborot xizmatining rasmiy axborotiga köra, 2025-yil 15-dekabr kuni A.Ğ. Sergeli tumanida joylaşgan avtosalonlardan birining faoliyatini obrösizlantiruvçi videomaterial tayyorlab, internet tarmoğida joylaştirgan. Şundan söng F.M. uşbu videolavhani ijtimoiy tarmoqlardan öçiriş hamda OAVda joylamaslik evaziga jabrlanuvçidan jami 50 ming dollar talab qilgan. F.M. joriy yil 10-fevral kuni 17 ming dollar olayotgan vaqtida qölga olingan.













