2019 yil 27 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda deputatlar Davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2019 yil I yarim yillikdagi ijrosi yakunlarini körib çiqdilar.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, 2019 yilning I yarmida Davlat budjeti daromadlari ötgan yilning mos davriga nisbatan 52,9 foizga ösib, belgilangan reja 108,9 foizga bajarildi, uning yalpi içki mahsulotdagi uluşi esa, 22,8 foizni taşkil qildi. Mamlakat YaIM qariyb 222,0 trln. sömni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 5,8 foizga ösdi. Xususan, tarmoqlar tarkibida qişloq, örmon va baliq xöjaligining uluşi 27,3 foizdan 24,3 foizga kamaygan bölsa, sanoatning uluşi 27,1 foizdan 30,3 foizga, quriliş uluşi 7,3 foizdan 7,6 foizga ösdi. Aholi umumiy daromadlari 153,3 trln. sömni taşkil etdi va 2018 yilning mos davriga nisbatan 121,7 foiz nominal ösişiga erişildi.
Yiğilişda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiriş hamda soliq-budjet siyosati sohasidagi, xususan soliq ma'murçiligini va budjetlararo munosabatlarni takomillaştiriş, mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlaş borasida amalga oşirilgan kompleks çora-tadbirlar öz natijasini berganini qayd etdilar. Davlat budjeti daromadlari ijrosiga töxtalib ötgan deputatlar hisobot davrida Davlat budjeti daromadlari 50 696,9 mlrd. sömni taşkil qilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 52,9 foizga ösişga erişilgani, belgilangan reja 4 133,9 mlrd. sömga ortiği bilan yoki 108,9 foizga bajarilganini ijobiy baholadilar.
Parlament a'zolari Davlat budjetining xarajatlariga ham alohida e'tibor bilan yondaşdilar. Mazkur xarajatlar (davlat maqsadli jamğarmalarisiz) 55 266,3 mlrd. sömni taşkil qilgani qayd etildi. Hisobot davrida Davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yönaltirilgani ta'minlanib, sohaga umumiy xarajatlarning 54,4 foizi miqdorida mablağlar sarflangan. Bunda asosiy e'tibor aholining real daromadlarini izçil oşirib boriş va ijtimoiy himoya qiliş, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirişga, şahar va qişloq joylarda aholi turmuş şaroitini yanada yaxşilaşni ta'minlovçi arzon uy-joylar barpo etiş, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş hamda modernizatsiya qiliş böyiça maqsadli dasturlarni öz vaqtida moliyalaştirişga qaratilgan.
Yiğilişda aholining turmuş şaroitini yanada yaxşilaş, arzonlaştirilgan uy-joylar quriş singari ijtimoiy ahamiyati yuqori bölgan yirik loyihalarni amalga oşiriş borasida prezident tomonidan belgilangan vazifalarni bajariş Davlat budjeti ijrosining ustuvor yönalişlari bölgani, “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlarining 2019 yil parametrlari ijrosi uçun 136.1 mlrd. söm sarflangani ta'kidlandi. Bundan taşqari, ta'lim sohasiga ijtimoiy xarajatlarning 54,5 foizi ajratilgani, soğliqni saqlaş sohasiga Davlat budjetidan yönaltirilgan mablağlar miqdori 6 630,9 mlrd. sömni taşkil etgani ham yuqori baholandi.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş xarajatlariga Davlat budjetidan 27 939,6 mlrd. söm miqdorda mablağlar yönaltirilgan. Bolalikdan nogironlar uçun tölanadigan nafaqalarga Davlat budjetidan 657,5 mlrd. söm mablağ ajratilgani uşbu sohaga e'tiborning ortib borayotganidan dalolat.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjetlarni şakllantirişda va mablağlardan samarali foydalanişda mustaqilligi va mas'uliyatini oşiriş borasida amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinçi yarmida mahalliy budjetlarga 2,6 trln. söm söm miqdorida qöşimça mablağlar tuşirilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 154 foizga köp.
Şu bilan birga, majlisda deputatlar budjet mablağlaridan maqsadsiz foydalaniş, ularning noqonuniy işlatilişi bilan boğliq ayrim kamçiliklar ham mavjudligini körsatib ötdilar. Xususan, hisobot davrida ayrim budjet taşkilotlarida mablağlarning işlatilişi bilan boğliq moliyaviy huquqbuzarliklarga yöl qöygani, ayrim tarmoqlarda tölov intizomiga rioya etilmagani oqibatida debitorlik va kreditorlik, ayniqsa, budjet oldidagi boqimanda qarzdorlikning yuzaga kelayotgani keskin tanqid qilindi. Nazorat tadbirlari natijasida budjet töğrisida qonun hujjatlari buziliş holatlari aniqlangan budjet taşkilotlarining 154 nafar rahbar va mansabdor şaxslari 111,5 mln. söm miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortilib, ulardan 88 mln. sömi undirilgani bu borada jiddiy boş qotiriş lozimligini körsatayotganiga e'tibor qaratildi.
Şundan kelib çiqib, parlament a'zolari vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor şaxslarining ijro intizomini kuçaytiriş, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining kelgusi davr uçun öz vaqtida, sifatli ijro etilişi ustidan qat'iy parlament nazoratini amalga oşiriş muhim ahamiyat kasb etişi ta'kidlandi.
Muhokamalar yakunlariga köra, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2019 yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi töğrisidagi hisobotni tasdiqlaş haqida qaror qabul qilindi.












