Agarda zarurat tuğilsa, Turkiya hukumati Suriyaning Idlibidagi öz harbiylarini himoya qiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdöğan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bölib ötgan muzokaralari yakunidagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Bu yerda [Idlibda] vaziyat şunçalik keskinlaşdiki, ayni paytda bizning harbiylarimiz xavf ostida qolişgan. Biz buning davom etişini istamaymiz. Bu yerda zaruriyat tuğilganda barça zarur çoralar öz vaqtida amalga oşiriladi", - dedi u.

Erdöğan şuningdek, Idlibda Suriya hukumati armiyasining fuqarolik obektlarini ham bombardimon qilayotgani Soçida imzolangan memorandum bajarilişini qiyinlaştirayotganini aytdi.

Eslatib ötamiz, 19 avgust kuni turklarning zirhli texnikalari Suriya şimolidagi Idlib viloyatida joylaşgan Xan-Şeyxun şahri tomon yuriş boşlagani xabar qilingandi. 

2 avgust kuni Qozoğiston poytaxti Nur-Sulton şahrida Suriya masalasida ötkazilgan muzokaralardan keyin «öt oçişni töxtatiş rejimi» kuçga kirgandi. Suriya arab respublikasi qurolli kuçlari qömondonligi harbiy harakatlar faqatgina Turkiya tomoni 2018 yil sentyabrida Soçidagi muzokaralar natijasida erişilgan Rossiya-Turkiya kelişuvi şartlarini bajargan taqdirda töxtatilişini ma'lum qilgan. Bu kelişuvning asosiy punkti oğir va örta oğirlikdagi harbiy qurollarni Idlibdagi harbiysizlaştirilgan hududdan 20 kilometr uzoqqa olib ketiş hisoblanadi.