26 avgust kuni Samarqandda ön ikkinçi bor taşkillaştirilayotgan «Şarq taronalari» xalqaro musiqiy festivalining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Festival arafasida qadimiy şahar markazidagi Registon maydonida jamlangan mahalliy bloger va jurnalistlar hamda xorijlik inflyuyenserlar prezident oilasi a'zolari bilan uçraşib, suhbat qurişdi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyevning özi ham dunyoning 40 dan oşiq davlatidan kelgan 100 dan ziyod inflyuyenserlar hamda mahalliy jurnalist va blogerlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, blogerlarni hamişa qöllab-quvvatlaşini bildirdi va yakunda ular bilan selfiga tuşdi.