27 avgust kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi Özbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Xitoyga taşrifi çoğida Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi va Xitoyning CITIC korporatsiyasi örtasida ustav jamğarmasi 1 milliard AQŞ dollarga teng bölgan Özbekiston-Xitoy qöşma investitsiya jamğarmasini taşkil etiş töğrisida bitim imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Uşbu qadam ikki mamlakat örtasidagi investitsion hamkorlikning yuqori ösiş sur'atlaridan dalolat beradi: moliyalaştirişning barqaror mexanizmi şakllantirilişi ustuvor yuqori texnologiyali loyihalarni jadal amalga oşirişda bor kuçni sarflaşga imkon beradi.
Xitoylik şeriklar bilan oldingi kelişuvga köra, asosiy e'tibor kimyo va neft-kimyo sohasidagi sanoat korxonalariga va neft-gaz sektoridagi işlab çiqariş obektlariga qaratiladi.
Yaqin kelajakda, Özbekiston tomonidan Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi jamğarma mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan istiqbolli loyihaviy takliflar töplamini tayyorlaydi, ularning asosiy qismini yuqori qöşilgan qiymatga ega bölgan hamda tegişli xomaşyo bazasi va kadrlar resurslariga ega bölgan respublika hududlarida joylaşgan köp bosqiçli işlab çiqariladigan sikllarning eksportga yönaltirilgan korxonalar taşkil etadi.
Şu munosabat bilan Xitoy tomoni bilan texnik-iqtisodiy ekspertiza va keyinçalik tasdiqlaş uçun loyihalarini manzilli röyxatini aniqlaş böyiça Özbekistonda qator uçraşuvlar va muzokaralar ötkazilişi töğrisida kelişuvga erişildi», deyiladi xabarda.













