Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
ÖzA'ning yozişiça, ularda davlat rahbariga muvaffaqiyatlar, Özbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning qutlovida şunday deyilgan:
“Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan, şaxsan öz nomimdan Sizga va döst Özbekiston xalqiga samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar bildirişga ijozat bergaysiz.
Men Xitoy – Özbekiston munosabatlarini rivojlantirişga katta e'tibor qaratib kelmoqdaman, Siz bilan örtamizdagi samarali işçan va şaxsiy aloqalarni yuksak qadrlayman.
Siz bilan siyosiy özaro işonçni mustahkamlaş, ikki mamlakat va xalqlar farovonligi uçun Özbekiston va Xitoy örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini uzluksiz va izçil rivojlantirişga erişiş maqsadida "Bir makon, bir yöl" loyihasini amalga oşiriş böyiça hamkorlikni çuqurlaştirişga birgalikda sa'y-harakat qilişga tayyorman.
Döst Özbekistonga taraqqiyot va kuç-qudrat, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.”.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin şunday yozadi:
“Milliy bayram – Özbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot borasida ğoyat salmoqli yutuqlarni qölga kiritdi. Özbekiston haqli ravişda dunyo maydonida yuksak nufuzga ega bölib bormoqda, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv rol öynamoqda.
Davlatlarimiz örtasidagi azaliy an'anaviy döstlik, özaro hurmatga asoslangan munosabatlar barça sohalarda izçil rivojlanayotganini katta mamnuniyat bilan ta'kidlayman.
Işonçim komilki, biz bundan keyin ham xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaş yölida strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşda davom etamiz.
Sizga, hurmatli Şavkat Miromonoviç, çin yurakdan sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, barça yurtdoşlaringizga farovonlik va taraqqiyot tilayman.”.
Öz navbatida, Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp quyidagiça qutlov yöllagan:
“Sizni va Özbekiston xalqini Amerika xalqi nomidan 1 sentabr – mamlakatingiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan tabriklayman.
Sizning Oq uyga taşrifingizni yodga olib, mamlakatlarimiz örtasida sönggi yillarda mustahkamlanib borayotgan strategik muloqotlarni yuqori baholaşimni ta'kidlaşni istar edim.
Şuningdek, Sizning Özbekiston ahliga xizmat qiluvçi yanada mustahkam, şaffof va mas'uliyatli taşkilotlar yaratiş orqali mamlakat kelajagiga sodiqligingizni qadrlayman.
Sizning muvaffaqiyatli yutuqlaringizda şerik bölişdan ğururlanamiz.
Sizga va Özbekiston xalqiga kelgusi yillar barqaror va samarali bölişini tilayman. Yanada yaqinroq hamkorlikni qizğin kutib qolaman.”.
Xabarda qayd etilişiça, qutlovlar kelişi davom etmoqda.












