Sanoqli kunlardan söng yangi öquv yili boşlanadi. Bu yil öquvçilarni ötgan yillardagidan farqli “Prezident sovğasi” kutmoqda, deb xabar berdi Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.

Joriy yilning 4 sentabr kuni 627 mingdan ziyod öğil-qiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qöyadi. Qolaversa, imkoniyati çeklangan 13 ming nafar bola öz uyida ta'lim olişni boşlaydi. An'anaga köra, ularga yangi öquv yili munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovğalari - öquv-qurollari topşiriladi.

2019 yili 1-sinf öquvçilari uçun beriladigan “Prezident sovğasi” tarkibidagi mahsulotlarning sifatiga katta ahamiyat berildi.

1-sinf öquvçilari uçun “Prezident sovğasi”dan 12 turdagi öquv qurollari örin olgan.

Jumladan, portfel, 2 xil çiziqdagi 12 dona daftar, qalamdon, rasm daftari, rangli qoğoz, şarikli ruçka, akvarel böyoqlari, rangli qalamlar jamlanmasi, yelim, oddiy qalamlar va öçirğiç yangi öquv yilining ilk kuni “Prezident sovğasi” sifatida 1-sinf öquvçilariga topşiriladi.

“Prezident sovğasi” bolajonlar qöliga yetib borişi, ularga köp vaqt xizmat qilişi Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimiga kiruvçi “Öquv ta'lim-ta'minot” Davlat unitar korxonasi zimmasiga yuklatilgan.

“Öquv ta'lim-ta'minot” Davlat unitar korxonasi tomonidan har yili Prezident sovğasi sifatida 1-sinf öquvçilari uçun beriladigan 12 turdagi öquv qurollaridan taşqari, barça ta'lim muassasalariga darslik, öquv-uslubiy qöllanma va badiiy adabiyotlar, şuningdek, ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş uçun maktab mebellari, öquv laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boşqa tovar-moddiy boyliklari Xalq ta'limi vazirligi taqsimotlariga asosan yetkazib berilmoqda.