Şavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Tashkent City’ga yana bir bor kelib, kongress-xoll va beş yulduzli mehmonxona, hududdagi obodonlaştiriş işlarini közdan keçirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Kongress-xoll binosi ikki qavatdan iborat bölib, uning markazida katta va kiçik zallarga transformatsiya böladigan 4 ming örinli xoll mavjud. Bundan taşqari, bir vaqtning özida 8 ta delegatsiyani qabul qiliş imkoniyatiga ega qöşimça zallar ham bor.
21 qavatli beş yulduzli mehmonxonaning quriliş işlari ham jadal sur'atlarda davom etmoqda. «Hilton» brendi ostida faoliyat yuritadigan bu otelda 258 ta xona böladi. Bundan taşqari, 3 ta restoran, banketlar zali hamda 6 ta majlislar zali mavjud.

Bugungi kunda kongress-xoll va mehmonxona qad kötarib bölgan. Içki pardozlaş, elektr tarmoqlari tortiş, dekorativ panellarni montaj qiliş işlari yakunlanmoqda. Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini örnatiş va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Boğda manzarali daraxtlar ekilgan, musiqali favvora barpo etilgan.
Prezident majmuada amalga oşirilgan bunyodkorlik işlarini yuqori baholab, bu obektlar işga tuşganda xizmat turlarini köpaytirişga e'tibor qaratiş, xalqimizning bu yerga kelib mazmunli dam olişi uçun qulayliklar yaratiş yuzasidan körsatmalar berdi.

















