Turkiya yaqin haftalar içida AQŞ bilan turk harbiylarining nazorati borasida kelişa olmasa, Suriyada Frot şarqida özining operatsiya rejasini amalga oşirişga kirişişi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Tayyip Erdöğan.
Avvalroq Anqara va Vaşington Suriya şimolida hamkorlikdagi operatsiyalar va xavfsizlik hududi böyiça koordinatsion markaz taşkil etiş töğrisida kelişib olgandi. Rasmiy Damaşq bu rejaga qat'iyan qarşi çiqqandi.
"Agarda bir neça hafta içida harbiylarimiz Frot şarqini nazorat qilmaydigan bölsa, biz öz operatsiya rejamizni amalga oşiramiz. Bizda vaqt va sabr qolmadi. Heç kim IŞIDni bahona qilib bizni aldaşga urinmasin. Biz deyarli yöq qilgan terrorçilik taşkiloti (suriyalik kurdlar mudofaa kuçlari) ittifoqçimiz (AQŞ)ning ortiga berkinib olgani bizga muammo keltirib çiqarmoqda", - dedi Erdöğan.
U Turkiya NATO a'zoligi va ittifoqçilaridan voz keçiş niyatida emasligini qöşib qöydi.












