Afğonistonning Qunduz şahridagi portlaş natijasida 15 kişi qurbon böldi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, halok bölganlarning olti nafari xavfsizlik kuçlari xodimlaridir. Şuningdek, 11 kişi yarador bölgani aytilmoqda.
Portlaş uçun javobgarlikni hozirça heç bir guruh öz zimmasiga olmagan.
Afğonistonda hukumat kuçlari va "Tolibon" harakati jangarilari örtasida kuraş bormoqda. Milliy mudofaa va xavfsizlik kuçlari butun mamlakat böylab terrorizmga qarşi operatsiyalar ötkazmoqda.












