2019 yil 2 sentabr kuni Jizzax viloyatining Ğallaorol tuman IIBdan hujjatlar tuşgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.
Ularga köra, şu yil 20 mart kuni Toşkent şahar Çilonzor tumanida yaşovçi 33 yoşli D.N. Sarbozor mahallasida joylaşgan “Mingçinor” çoyxonasida tanişi, Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumanida yaşovçi 38 yoşli A.U.ga saraton va boşqa turdagi oğir kasalliklarga davo böluvçi körşapalak uyasini topib berişini va'da qilib, aldov yöli bilan undan 5 000 AQŞ dollari olganligi va şu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay pullarni öz ehtiyoji uçun işlatib yuborganligi körsatilgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, D.N. uşlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












