Angliya Premer-ligasi klublari Angliyada transferlar darçasi mavsum boşlanişi arafasida yopilişi böyiça qoidani bekor qildirişmoqçi.
2018 yildan APLda transferlar darçasi çempionatning birinçi öyini arafasida yopiladigan böldi, lekin Yevropaning boşqa mamlakatlarida transferlar sentabr oyi boşigaça davom etadi.
Daily Mail naşri ma'lumotiga köra, liga klublarining navbatdagi yiğilişida bunday qoida bekor qilinişi uçun ovoz beriş jarayoni bölib ötadi va klublarning yarmidan ortiği (11 ovoz) ma'qullasa, qoida bekor qilinadi.
Bu boradagi e'tirozlar asosan top-6 tarkibidagi klublar tomonidan bildirilmoqda, çempionat grandlarining hisoblaşiça, bu qoida Angliya klublari Yevropa klublaridan ortda qolişiga sabab böladi.
APL jamoalari fikriça, bu qoida tufayli qit'aning boşqa çempionatlari vakillari muzokaralarda qöşimça ustunliklarga ega bölişmoqda.
Avvalgi tizimga qaytiş ğoyasining asosiy tarafdorlaridan biri «Mançester Yunayted» hisoblanadi.
Şuningdek, Brendan Rodjyers («Lester»), Maurisio Poçettino («Tottenhem») va Yurgen Klopp («Liverpul») APL klublari uçun transferlar darçasi erta yopilişiga qarşi çiqişlar qilişgan.









