31 avgust kuni Yevropada transferlar oynasi yopilmoqda. Transferlarning oxirgi kuni har galgidek qizğin keçmoqda. Yoz böyi katta mablağlar sarflagan «PSJ» hali töxtamadi, «Barselona» hali tarkibni töldira olmadi, Angliyada jamoalar oxirgi soatlardan foydalanib qolişmoqçi. Quyida kim qayerga ötayotgani, qaysi jamoa kimni sotib olayotgani haqidagi oxirgi xabarlar bilan tanişib borişingiz mumkin.

Transferlarning oxirgi kunidagi asosiy intrigalar:
Mbappe    «Monako»dan «PSJ»ga
Koutino    «Liverpul»dan «Barselona»ga
Lemar        «Monako»dan «Liverpul»ga
Di Mariya    «PSJ»dan «Barselona»ga
Özil        «Arsenal»dan «Borussiya»ga
Sançes        «Arsenal»dan «Mançester Siti»ga
Çemberlen    «Arsenal»dan «Liverpul»ga

Çemberlenga javob berildi
Angliya Premer-ligasida muhim transferlar. «Arsenal» futbolçisi Aleks Oksleyd-Çemberlen «Çelsi» taklifini rad etib, «Liverpul»ni tanladi. Bu poygada Yurgen Klopp Antonio Konteni yutib çiqdi. Angliyadan kelayotgan ma'lumotlarga köra, liverpulliklar klubi uşbu futbolçi uçun London jamoasiga 40 mln funt sterling tölaydi. Oksleyd-Çemberlen ayni damda yangi jamoasi uçun tibbiy körikdan ötmoqda

Mbappe — Neymar yoniga
— «PSJ» moliyaviy feyr-pleyga amal qilgan holda 31 avgust kuni Kilian Mbappe transferini amalga oşirmoqçi. «Monako» futbolçisi parijliklarga 150-170 mln yevroga tuşadi. «PSJ» Mbappeni keyingi yili sotib oliş şarti bilan bir yilga ijaraga olmoqda. Kilian parijliklar uçun tibbiy körikdan ötib bölgan. Endi bu haqda hammaga rasman e'lon qiliş qoldi.

«Barselona»: Koutino yoki Di Mariya
— Millioner futbolçilar bosim ostida. «Liverpul» futbolçisi Koutino «Barselona»ga transfer qilinişiga tösiq qöyilgani uçun qattiq norozi. Oxirgi xabarlarda Koutino katalonlar safiga 160 mln yevro evaziga ötişi aytilgandi. Şu bilan birga ularda Anxel Di Mariya varianti paydo böldi. Argentinalik futbolçi «PSJ» rahbariyatidan özini «Barselona»ga qöyib yuborişni söradi. Endilikda esa katalonlar Riyoz Mahrezni transfer qilişi haqida xabarlar paydo bölmoqda.

Aleksis: Londondan Mançesterga
— Britaniyalik jurnalistlar Aleksis Sançes özini transferga qöyişni söragani haqida yozişmoqda, ammo «Arsenal»da bu inkor etildi. Lekin bu transfer bombasi oxirgi kunda portlaşi mumkin. «Mançester Siti» «kanonirlar»ga Sançes uçun 50 mln funt tölaşga tayyor. Xosep Gvardiola öz sobiq şogirdini Arsen Vengerdan olib ketmoqçi. Barçasini kun oxirigaça bilib olamiz.

Tribuna.uz saytida transferlarning sönggi kunidan ONLAYN

— «Liverpul» Filippe Koutinoni «Barselona»ga sotadigan körinadi. «Qizillar» «Arsenal»dan Aleks Oksleyd-Çemberlenni oldi. Bundan taşqari, «Liverpul» «Monako»dan Toma Lemarni transfer qiliş jarayonini boşladi. 

Yozning asosiy transferlari

Neymar    «Barselona»dan «PSJ»ga (222 mln yevro)
Dembele    «Borussiya»dan «Barselona»ga (105 mln yevro)
Lukaku        «Everton»dan «MYu»ga (84,7 mln yevro)
Morata        «Real»dan «Çelsi»ga (65 mln yevro)
Mendi        «Monako»dan «Siti»ga (57,5 mln yevro)
Lyakazett    «Lion»dan «Arsenal»ga (55 mln yevro)