2 sentabr kuni Yevropaning kuçli beşta ligasiga kiruvçi Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya çempionatida transfer oynasi yopildi.
Yozgi transfer mavsumining sönggi kunida e'tiborga loyiq bölgan bir qança kelişuvlar amalga oşdi.

«Tottenhem» klubini erkin agent maqomida tark etgan hujumçi Fernando Lorente «Napoli» a'zosiga aylandi. 34 yoşli futbolçi «Yuventus»ni tark etganidan tört yil ötib, yana A Seriyaga qaytmoqda. Hozirça Lorentening Neapol klubi bilan bitimi şartlari ma'lum emas. OAVda tomonlar ikki yillik şartnoma va 2,5 mln yevro yillik maoş böyiça kelişişgani aytilmoqda.

«Mançester Yunayted» himoyaçisi Matteo Darmian Italiyaning «Parma» klubi bilan 2023 yilgaça möljallangan şartnomani imzoladi. Transfer 1,5 million yevro evaziga amalga oşirildi. 2015 yildan buyon «Mançester Yunayted» safida töp tepib kelgan Darmian ötgan mavsumda atigi 6ta öyinda harakat qilgan edi.

Meksikalik hujumçi Xaver Ernandes yoki «Çiçarito» Londonning «Vest Hem» klubidan «Sevilya»ga ötdi. Ispanlar forvardning şartnomasida körsatilgan 8 million yevro miqdoridagi tovon pulini tölaşdi. 2018/19 yilgi mavsumda Çiçarito «Vest Hem» uçun Angliya Premer-ligasida 25 öyinda maydonga tuşib, 7ta gol urgan edi. U turli yillarda «Mançester Yunayted», «Real», «Bayyer» klublari şarafini himoya qilgan. Meksika milliy jamoasida 108 öyin ötkazib, 51 gol urgan.

«Atalanta» himoyaçi Martin Şkrtel bilan şartnomani bekor qilganini, şuningdek, «Sevilya» himoyaçisi Simon Kyayerni ijaraga olganini e'lon qildi. Şkrtel «Atalanta» bilan avgust oyi boşida şartnoma imzolagan edi. Ammo klub tarkibida birorta öyinda qatnaşmadi. Xabar qilinişiça, 34 yoşli himoyaçining soğligidagi muammolar tufayli şartnoma bekor qilingan. Jamoaning yangi himoyaçisi 30 yoşli Kyayer ötgan mavsum La Ligada 26ta öyin ötkazgan. Himoyaçi uçun A Seriya begona emas. U faoliyati davomida Italiyaning «Palermo» va «Roma» jamoalarida ham öynagan.

«Real» darvozaboni Keylor Navas faoliyatini Fransiyada davom ettiradigan böldi. Parij klubi 32 yoşli darvozabon uçun 18 mln yevro töladi va 26 yoşli posboni Alfons Areolyani bir mavsumga ijaraga berib yubordi. «PSJ» klubi bayonotiga köra, «Real» Areolyani töliq sotib oliş huquqiga ega emas. Futbolçining parijliklar bilan 2023 yilgaça möljallangan şartnomasi bor. Qayd qiliş joizki, Navas «Real»ga 2014 yil yozida «Levante»dan 10 mln yevroga ötgan edi. U Madrid klubidagi 5 yillik faoliyati davomida 12ta sovringa ega çiqqan, şulardan 3tasi YeÇL ğolibligidir. Areolya – «PSJ» tarbiyalanuvçisidir. U jamoa bilan 6ta sovrinni yutib olgan. Faoliyatining bir qismida «Vilyarreal» klubida ijarada öynagan.

«Çelsi» himoyaçisi Abdulrahmon Baba ijara asosida «Malorka»da öynaydigan böldi. Şuningdek, London klubi ganalik 25 yoşli futbolçi bilan şartnomani 2022 yilgaça uzaytirdi. Baba ötgan mavsumni ijara asosida «Şalke» va «Reyms»da ötkazgan edi.

«Barselona» yarimhimoyaçisi Rafinya Alkantara faoliyatini «Selta»da davom ettiradi. 26 yoşli futbolçi kataloniyaliklar bilan 2021 yilgaça möljallangan şartnomani imzoladi va 1 yil muddatga ijaraga berildi. «Selta» Rafinyaning maoşini öz zimmasiga oldi. Bundan taşqari 1,5 million yevro miqdorida bonus ham beradigan böldi. Qayd qiliş joizki, Rafinya 2013/14 mavsumida «Selta»da öynagan edi. Futbolçi oğir jarohati tufayli ötgan mavsumning katta qismida maydonga tuşmadi.

«Roma» klubi «Atletiko» hujumçisi Nikola Kaliniçni öz tarkibiga qöşib oldi. Xorvatiyalik futbolçi 2020 yil yozigaça rimliklar şarafini himoya qiladigan böldi. «Roma» Kaliniç transferi uçun 3 million yevro töladi. Futbolçi yangi klubida 19-raqamni tanladi. Qayd qiliş joizki, Kaliniç avvalroq Italiya çempionatida töp tepib, «Fiorentina» va «Milan» klublarida öynagan edi.

«Milan» klubi «Ayntraxt» bilan hujumçilarni almaştirdi. «Rossoneri» nemislarning 25 yoşli hujumçisi Ante Rebiçni 2 yil muddatga va 5 million yevro evaziga ijaraga oldi. Ijara muddati yakunlangaç, «Milan» uni 20 million yevroga töliq sotib oladi. Şuningdek, «Milan» hujumçisi Andre Silva yangi mavsumni «Ayntraxt» tarkibida ötkazadigan böldi. Uning şartnomasi bandlari hozirça e'lon qilinmadi. Ötgan mavsumda Rebiç «Ayntraxt» tarkibida Bundesligada 28ta öyinda maydonga tuşib, 9ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan edi. Andre Silva esa «Sevilya» tarkibida ijarada öynab, 27ta öyinda 9ta gol urdi.

«Roma» klubi «Arsenal» yarimhimoyaçisi Genrix Mxitaryan bilan şartnoma imzoladi. Armanistonlik futbolçi rimliklar tarkibida mavsum oxiriga qadar ijarada öynaydigan böldi. «Roma» Mxitaryan ijarasi uçun 3 million yevro töladi. Ötgan mavsumda futbolçi «Arsenal» tarkibida barça musobaqalarda 39ta öyinda maydonga tuşib, 8ta gol urgan.

«Zenit» yarimhimoyaçisi Emiliano Rigoni faoliyatini «Sampdoriya»da davom ettiradi. 26 yoşli futbolçi Genuya klubiga ijaraga berildi. «Sampdoriya»da yarimhimoyaçini sotib oliş huquqi ham bor. Bungaça «Sampdoriya» Rigonini 1 mln yevroga ijaraga olişi, söng 9 mln yevroga sotib olişi haqida aytilgandi. Rigoni «Zenit» safiga 2017 yil yozida Argentinaning «Independente» klubidan ötgan. U bungaça Italiyada ham öynab ulgurgan. Ötgan mavsumning birinçi yarmini «Atalanta»da ijara asosida ötkazgan.
Qayd qiliş joizki, transfer oynasining sönggi soatlarida amalga oşirilgan kelişuvlar va bitimlar keyinçalik e'lon qilib boriladi.
Eslatib ötamiz, Angliyada transfer oynasi 8 avgust kuni yopilgan edi.









