CENTCOM ma’lumotiga köra, 29 iyulga ötar keçasi Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eron hududidan Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy kuçlariga qarşi bir neçta ballistik raketa uçirgan. Amerika harbiylari buni “kutilmagan hujumga uriniş” deb atadi.

Qömondonlik tarqatgan ma’lumotda barça raketalar havoda yöq qilingani qayd etilgan. Şuningdek, mintaqadagi AQŞ qöşinlari yuqori jangovar şaylik holatida qolişi va vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgani bildirilgan.

Bundan avval Axios naşri jurnalisti Barak Ravid öz manbalariga tayanib, Eron Iordaniyada joylaşgan AQŞ harbiy bazasiga raketa zarbalari berganini xabar qilgan edi. Uning ta’kidlaşiça, bu Donald Tramp Eronga qarşi hujumlarni vaqtinça töxtatişga qaror qilganidan keyin Tehron tomonidan AQŞ bazasiga amalga oşirilgan ilk raketa hujumi hisoblanadi.

12–24 iyul kunlari AQŞ Eron hududidagi harbiy ob’yektlarga tungi aviatsiya zarbalarini amalga oşirgan edi. Vaşington bu amaliyotlardan közlangan maqsad Hörmuz böğozidagi tijorat kemalari xavfsizligiga tahdid solayotgan Eron imkoniyatlarini çeklaş ekanini bildirgan.

AQŞ ma’lumotlariga köra, korpus Vaşington va Tehron örtasidagi ramkaviy tinçlik kelişuvi şartlariga qaramay, Hörmuz böğozidagi tankerlarga bir neça bor hujum qilgan. Şuningdek, Eron qöşni davlatlar hududiga ham zarbalar berib, nişon AQŞ harbiy bazalari ekanini ma’lum qilgan.

21 iyul kuni Donald Tramp amerikalik harbiylar halok bölgani uçun Eronni “bir neça barobar qattiqroq javob” kutayotgani haqida ogohlantirgan edi. Yangi keskinlaşuv boşlanganidan beri CENTCOM uç nafar amerikalik harbiyning halok bölganini ma’lum qilgan.

24 iyuldan keyin tomonlar bir neça kun davomida özaro hujumlardan tiyilib turgan edi. The New York Times ma’lumotiga köra, şu kuni Donald Tramp özining yuqori lavozimli maslahatçilari bilan uçraşib, Eronga qarşi navbatdagi keng kölamli hujumlarni keçiktirişga qaror qilgan. Gazeta bu qarorga havo hujumidan mudofaa tizimlari, jumladan Patriot majmualari uçun raketa-qölga tuşirgiçlar zaxirasi kamayişi ehtimoli, şuningdek, jahon energetika va iqtisodiy inqirozi xavfi sabab bölganini qayd etgan.