Anqara Moskvadan S-400 zenit-raketa majmuasidan köproq sotib olişi mumkin. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu Bled şahrida ötgan strategik forumda ma'lum qildi.  

“Bugun bizga özimiz işlab çiqara olmaydigan tizimlardan köproq kerak. Agar biz AQŞdan sotib ololsak, Patriot majmuasini sotib olamiz. Sotib ololmasak, unda S-400’dan yana sotib olamiz. Biz mustaqil davlatmiz”, deb aytgan Çovuşöğlu. 

S-400’ning birinçi batareyasi Turkiyaga yetkazilişi iyulda boşlangan. Moskva sentabr oxirigaça Anqaraga ikkinçi batareyani yetkazib beradi.  

AQŞ Turkiyadan S-400’larni sotib olişdan boş tortişni va ular örniga Patriot majmualarini sotib olişni talab qilgan. Aks holda Vaşington Anqaraga F-35 qiruvçi samolyotlari sotilişi bekor qilinişi yoki keçiktirilişi mumkinligini aytgan. Turkiya yon bosişlarga bormagan.

Şuningdek, Turkiya taşqi işlar vaziri forumda Moskva va Anqara Rossiyada işlab çiqarilgan Su-35 va Su-57 qiruvçi samolyotlari xaridi böyiça ayni vaqtda muzokaralar olib bormayotganini ma'lum qilgan. “Yöq. Hozir biz F-35’ni işlab çiqariş dasturining bir qismi hisoblanamiz”, deb javob qilgan Çovuşöğlu tegişli savolga.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Moskva viloyatida ötgan MAKS-2019 aviasaloniga taşrif buyurganda Su-35 va Su-37’lar bilan qiziqib qolgani ma'lum qilingandi. Keyinroq Erdöğan Turkiya va Rossiya Su-57’lar yetkazib berilişi böyiça muzokaralar olib borayotganini ma'lum qilgan.