Jahon | 15:39 / 16.01.2019
13760
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh tomon yo‘lga chiqqan muhojirlar karvoni Gvatemalaga kirib keldi

Foto: AFP / Guillermo Arias

Gondurasdan AQSh tomon yo‘lga chiqqan muhojirlar guruhi Gvatemala hududiga kirib keldi, deb xabar berdi Gvatemalaning Prensa Libre portali.

Muhojirlarning yangi karvoni dushanba kuni tunda Gondurasdagi San-Pedro-Sula shahridan yo‘lga chiqqandi. Ularning soni necha kishidan iboratligi aniq emas. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, karvonda mingdan ikki ming kishigacha bo‘lishi mumkin.

Efe agentligining xabariga ko‘ra, Gvatemala hududiga zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan 359 nafar muhojir o‘tgan.

Hozirda Meksika-AQSh chegarasida Markaziy Amerika mamlakatlaridan kelgan bir necha ming muhojir to‘plangan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, Tixuana va Mexikali shaharlarida Gonduras, Gvatemala va Salvadordan kelgan 6-9 ming nafar muhojir bor.

Mavzuga oid