Jahon iqtisodiy forumi (WEF) ekspertlari The Travel and Tourism Competitiveness Report 2019 turistik raqobatbardoşlik xalqaro reytingi doirasida turistlar uçun eng xavfsiz mamlakatlar nomini ma'lum qildi. Röyxatda birinçi örinni Finlyandiya egalladi, undan keyingi örinlarda Islandiya va Ummon joylaşdi.
Şuningdek, dastlabki öntalikdan Şveytsariya, Hongkong, BAA, Lyuksemburg, Portugaliya va Yangi Zelandiya örin oldi. Keyingi öntalikda Qatar, Estoniya, Yaponiya, Avstriya, Sloveniya, Ispaniya, Norvegiya, Çexiya, Avstraliya va Bruney joylaşgan.
Yon qöşnilarimiz Tojikiston 60-, Qozoğiston 63- va Qirğiziston 96-örinda qayd etildi.
Salvador, Nigeriya, Yaman, Venesuela va Honduras eng xavfli davlatlar deb topildi.
Dunyoning 140 mamlakati örin olgan reytingga Özbekiston va Turkmaniston kiritilmagan.
The Travel and Tourism Competitiveness Report 2019 reytingi Jahon iqtisodiy forumi va Yevrosiyo raqobatbardoşlik instituti hamda Strategy Partners konsalting kompaniyasi hamkorligida tuzilgan. Turistik raqobatbardoşlik reytingi 2007 yildan buyon ikki yilda bir marta e'lon qilinadi.












