Şu yilning 26 avgust kuni «Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qiliş xizmatlari uçun undiriladigan tölovlar miqdori va şartlari töğrisidagi nizom»ni tasdiqlaş haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazilgaç, bu xabar internet naşrlarida tarqaldi va ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv keltirib çiqardi.

Veterinariya pasporti töğrisida aholida tuğilgan turli tuşunmovçiliklar hamda yangi tartibning qator jihatlariga aniqlik kiritiş maqsadida Respublika Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi boşqarma boşliği Nargiza Omonboyevaga bir qança savollarimiz bilan murojaat qildik.

— Veterinariya pasporti nima?

— Bu aksariyat yurtdoşlarimiz tasavvur qilayotganidek, hayvonning şaxsini, propiskasi va fuqarolik holatini tasdiqlovçi hujjat emas. Veterinariya pasporti –identifikatsiya qilingan hayvonlarga rasmiylaştirilgan, hayvon egasini belgilovçi, hayvonlarning kasalliklarga qarşi profilaktikasi va ularni davolaş işlari töğrisidagi ma'lumotlarni öz içiga olgan hujjat.

Aslida hayvonlarga birkalaş, tamğalaş, jyetonlaş va çip örnatiş orqali individual raqam beriş va veterinariya pasporti rasmiylaştiriş tartibi ikki yil oldin - 2017 yil 22 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining maxsus qaroriga asosan joriy qilingan. Unda saqlanayotgan (boqilayotgan) har bir boş hayvonga veterinariya pasporti rasmiylaştirilişi alohida ta'kidlab ötilgan (qöy va eçkilarga guruh usulida veterinariya pasporti rasmiylaştirilişi mumkin).

— Uy hayvonlariga pasport rasmiylaştirişning qanday afzalliklari mavjud?

— Identifikatsiya qilingan hayvonlarni yagona elektron ma'lumotlar bazasiga kiritiş faqat qulayliklar tuğdirib, bir qança muammolarning oldini olişga xizmat qiladi.

Avvalo, har bir uy hayvonini nazoratga oliş, uning salomatligini nazorat qiliş orqali oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanadi. Bundan buyoğiga har bir hayvon turi tuğilganidan keyin belgilangan muddatda identifikatsiya qilinib, röyxatga olinadi, uning qanday kasalliklarga çalingani, qaçon emlangani qayd etib boriladi. Kelajakda savdo dökonlaridan göşt mahsulotlari xarid qilayotganda ularning «tarixi»dan ham boxabar bölamiz.

Şuningdek, çorva mahsulotlarini xorijga eksport qilişda birmunça qulayliklar yaratiladi. Ayni paytda önlab xalqaro taşkilotlar Özbekistonda hayvonlarni  identifikatsiya qiliş tizimini yaratiş uçun qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksportga olib çiqiş maqsadida grantlar ajratayotgani yanada e'tiborga molik.

Hayvonlar kasalliklarga qarşi emlanganini tasdiqlaş, ularning aniq hisobini yuritiş va röyxatga olingan hayvonlar töğrisida yagona ma'lumotlar bazasini şakllantirişda, hayvon egasini belgilaşda pasport rasmiylaştiriş juda ham muhim. Bundan taşqari, aholi örtasida jonivorlarga oid bölgan turli kasalliklar kelib çiqişi, har bir hayvonning elektron qaytarilmas raqamga ega bölişi va şu asosida uni egasiga rasmiylaştiriş orqali hayvonlar öğirlanişining oldini olişga erişiş mumkin.

— Identifikatsiya qiliş va hisobdan çiqariş tartibi haqida ham gapirib ötsangiz?

— Hayvon egalari hayvon tuğilgandan ma'lum muddat ötgaç doimiy yaşaş joyidagi veterinariya xizmati vakiliga murojaat qilişi lozim. Veterinariya xizmati xodimi ariza kelib tuşgandan söng 3 kun içida joyiga borib hayvonlarni identifikatsiya qiladi. Nizomda belgilangan tölov şuning uçun undiriladi.

Qoramol, qöy va eçkilar, tuyalarning bolalari tuğilganidan 14 kundan keyin bir oylikdan keçikmasdan, qulunlar va xötiklar 4 oyligidan, çöçqa bolalari 1 oyligidan, it va muşuklar 3 oyligidan hisobga olinadi. Hayvonlar egasi almaşganda, bir hududdan boşqa hududga köçirilganda doimiy yaşaş joyi böyiça davlat veterinariya xizmatining vakiliga 7 kun içida hayvonni hisobga qöyiş uçun murojaat qiladi. Bunda hayvon yangidan identifikatsiya qilinmaydi yoki yangi pasport berilmaydi. Eski pasportiga tegişli özgartirişlar kiritiladi.

Davlat veterinariya xizmati vakiliga hayvon egalari hayvon sotilgani yoki hadya qilinganini veterinariya pasportida tasdiqlatişga majburdir, bunda hayvon egalari özlarining şaxsini tasdiqlovçi hujjatini ham taqdim etadi.

— Identifikatsiya qiliş majburiymi?

— Qoramollar, qöy va eçkilar, çöçqalar, otlar, eşaklar va tuyalar, itlar va muşuklarni identifikatsiya qiliş şart. Uşbu şartni bajarmaslik veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buziş hisoblanadi hamda tegişli javobgarlikka olib keladi.

— Hayvonlarga turlariga qarab individual raqam beriş jarayoni qanday keçadi?

— Mazkur holat quyidagi usullar orqali amalga oşiriladi:

  • birkalaş usulida qoramol, qöy va eçkilar, tuyalar, çöçqalarning quloğiga (elektron, vizual) birkalar taqiladi va u hayvonlarning yaşaş davri davomida olinmaydi;
  • ip örnatiş (elektron identifikatsiya) usuli hayvonlarning barça turlariga qöllanişi mumkin.

— Nobud bölgan yoki söyilgan hayvonlarning pasporti veterinariya vakiliga qaytarib beriladimi?

— Hayvon egalari hayvon söyilganda (nobud bölganda, yöq qilinganda) hayvonning identifikatsiya raqamini saqlovçi atribut va veterinariya pasportini (elektron identifikatsiyalaşda faqat veterinariya pasportini) 7 kun muddatda doimiy yaşaş manzili böyiça davlat veterinariya xizmatining vakiliga hisobdan çiqariş uçun taqdim qiladi. Söyilgan hayvonlarga ixtisoslaşgan söyiş korxonasining veterinariya vraçi tomonidan hayvon egasiga berilgan «Hayvon söyilganligi töğrisida» ma'lumotnoma ham taqdim etiladi.

Söyiş maqsadida import qilingan hayvonlar identifikatsiya qilinmaydi. Uşbu hayvonlar keltirilgan vaqtdan boşlab yetti kalendar kunida söyilişi şart.

— Hayvonlarni identifikatsiya qiliş xizmatlari uçun tölov undiriladimi?

— Ha, ammo köp miqdorda emas. Identifikatsiya qiliş şartnomaga asosan amalga oşiriladi va quyidagi miqdorlarda tölov undiriladi:

  • har bir qoramol, ot, eşak va tuyalar uçun 4 ming 460 söm;
  • har bir qöy, eçki va çöçqalar uçun 3 ming 345 söm;
  • har bir it va muşuklar uçun 2 ming 230 söm.

Identifikatsiya uçun tölov tuman (şahar) veterinariya bölimlari hisobvarağiga, naqd pul va naqd pulsiz şaklda bajariladi. Veterinariya pasporti yöqolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati bepul beriladi.

— Şu kungaça qança hayvon röyxatdan ötkazildi?

— 2018 yil 1 yanvardan şu paytga qadar qömita tomonidan 82 mingdan ziyod çorva mollari identifikatsiyadan ötkazildi.

Ayni paytda hayvonlarni röyxatdan ötkazişning soddalaştirilgan usulini yölga qöyiş va bu sohaga innovatsiyalarni jalb qiliş jiddiy işlar olib borilyapti. Yil yakunigaça maxsus dastur va ilovalar işlab çiqilişi közda tutilgan. Hayvon egasi bazaning elektron manzili orqali kirib, öziga tegişli bölgan ma'lumotlarni yagona elektron ma'lumotlar bazasidan onlayn tarzda oliş imkoniyatiga ega böladi.

— Suhbat uçun katta rahmat!

Mirolim Isajonov suhbatlaşdi