Hukumat qarori bilan «Içki işlar organlari patrul-post xizmati saf bölinmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qiliş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom içki işlar organlari patrul-post xizmati saf bölinmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarning şaxsini elektron texnik vositalar, şu jumladan, planşet orqali aniqlaş tartibini belgilaydi.
Xodimlar quyidagi hollarda fuqarolarni töxtatişi va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar yoki «Ye-patrul» tizimi orqali ularning şaxsini aniqlaşi mumkin:
- şaxs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qiliş uçun asoslar mavjud bölganda;
- şaxsni sodir etilgan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblaş mumkin bölganda;
- qonunga muvofiq şaxsni uşlab turiş uçun boşqa qonuniy asoslar mavjud bölganda.
Xodim şaxsga uni töxtatganlik hamda undan şaxsini aniqlaş talab etilayotgani sabablari va asoslarini tuşuntirib berişi şart.
Fuqarolarning şaxsiga doir ma’lumotlari planşet orqali «Ye-patrul» tizimiga töğri kiritilişiga patrul-post xizmati xodimi mas’ul hisoblanadi.
Xodim «Ye-patrul» tizimidagi şaxsga doir ma’lumotlarni uçinçi şaxslarga oşkor etilmasligi hamda uşbu ma’lumotlardan ğarazli maqsadlarda foydalanilmaslik uçun javobgardir.








