Voqea 3-noyabr kuni Jizzax şahrining Bunyodkor mahallasi hududida sodir bölgan. 25 A 915 OA davlat raqam belgili Lacetti haydovçisi yöldagi hayvonni heç bir sababsiz bosib ketgan.

Viloyat YHXB xabariga köra, hodisadan söng haydovçi içki işlar organlariga olib kelingan. U qilmişi uçun uzr sörab, bunday holat boşqa takrorlanmasligini bildirgan.

Haydovçiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bu moddaga asosan, hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş BHMning 7 baravaridan 10 baravarigaça (3 mln 80 ming sömdan 4,4 mln sömgaça) jarimaga sabab böladi.

Eslatib ötamiz, joriy yil iyul oyida Qamaşi tumanida yaşovçi haydovçi Damas avtomobiliga it jasadini boğlab sudragani uçun unga nisbatan ham MJtKning 111-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgandi.