«Qanot Sharq» Rossiyaning Sukhoi Superjet 100 samolyotlarini sotib oliş majburiyatini olmagan. Bu haqda Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kompaniya muassisi Nosir Abduğafforov ma'lum qildi.

Avvalroq Rossiya matbuotida «Qanot Sharq» «Grajdanskiye samoleti Suxogo» kompaniyasi bilan uçta Sukhoi Superjet 100 samolyoti yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzgani haqida xabarlar paydo bölgandi.  

«Bu şunçaki maqsad töğrisidagi protokol. Biror narsa haqida yozişdan oldin unga xolisona yondaşiş lozim. Heç qanday majburiyat olmaganmiz, bu qat'iy şartnoma emas. Yozayotganlari notöğri. Biz aviatsiya texnikasi tanlaş jarayonidamiz», – dedi Abduğafforov.

«Örganiş jarayonida oşkor qilmaslik töğrisida va maqsadlar töğrisida kelişuvlar tuzilişi mumkin. Şundan keyin göyoki biz samolyot sotib olmoqçiligimiz töğrisidagi tuşunarsiz maqolalar paydo böldi», – dedi Kun.uz suhbatdoşi.

Abduğafforov kompaniya aviatsiya texnikasi tanlaşda şoşilmasligini ta'kidladi.

«Samolyot tanlaş masalasida jarayon bormoqda. Biz uni tezlatmayapmiz. Biz boşqa masalalar böyiça ham javob olişimiz kerak. Aynan qanday samolyot sotib olişimizni aytolmaymiz», dedi u. 

U şu bilan birga kompaniya yöl xaritasidan Kanadaning Bombardier samolyoti çiqarib taşlanganini ma'lum qildi. Kompaniya hozirda Embraer (Braziliya) va Sukhoi (RF) kompaniyalari texnikalarinikörib çiqmoqda.

«Qanot Sharq» Özbekistonda hududiy aviakompaniya taşkil etişni rejalaştirmoqda.

 Kompaniya 1998 yilda röyxatga olingan hamda yuk va yölovçi aviataşuvlariga ixtisoslaşgan. 2003 yildan 2012 yilgaça kompaniya «Özbekiston havo yöllari» MAKdan Il-76 samolyotlarini ijaraga olgan va Özbekistondagi birinçi xususiy aviakompaniya ölaroq öz charter reyslarini amalga oşirgan. Kompaniya 150 mingdan ortiq yölovçi taşigan. Barça Il-76 samolyotlari Özbekiston Mudofaa vazirligiga ötkazilgaç, Qanot Sharq’ning ekspluatantlik sertifikati töxtatilgan.