Raqobat qömitasi Centrum Air va Qanot Sharq xususiy aviakompaniyalar faoliyatida ortiqça çiptalar sotilişi va iste’molçilar huquqlarini ta’minlaş holati yuzasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligiga (Özaviatsiya) sörov yubordi.

Qömitaga aviaqatnovlar böyiça iste’molçilardan tuşgan murojaatlarning tahlili 2025 yilda 127 tani, 2026 yilning ötgan 4 oyida esa 145 tani taşkil etib, ularning soni ortib boryapti.

 Örganişlarda körsatilmagan xizmat uçun haq oliniş (110 ta), belgilangan vaqt oraliğiga rioya etmaslik (90 ta) va sifatsiz xizmat körsatilişi (72 ta) holatlari aniqlangan. Uşbu murojaatlarda asosan quyidagi e’tirozlar bildirilgan:

·       xizmat körsatuvçi iste’molçiga özi körsatayotgan xizmatlari haqida öz vaqtida zarur, töğri va tuşunarli ma’lumot taqdim etilmasligi;

·        rasmiylaştirilgan çipta va oldindan band qilingan joyga ega bölgan yölovçiga taşuvçi tomonidan havo kemasidan joy berişni rad etilişi;

·       parvozlarni bir neça soatlab keçikişi yölovçilarning aeroportlarda qolib ketişi, vaqti, mablaği hamda rejalariga jiddiy ta’sir körsatayotgani;

·       aviakompaniya tomonidan yetkazilgan zarar belgilangan tartib va miqdorda kompensatsiya yoki bepul qöşimça xizmatlar bilan qoplanmayotganligi.

Örganişlarda yuqori aviakompaniyalar tomonidan “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida"gi qonun, şuningdek, “Havo transportida yölovçi va bagaj taşiş” qoidalari, “Havo kodeksi” va “Fuqarolik kodeksi” töğrisidagi qator qoidalarga yetarliça rioya qilinmayotganligi aniqlangan.

Xususan, zarar körgan yölovçilarga parvozgaça yoki boşqa transportga ötkazilgunga qadar kutiş vaqtida oziq-ovqat va içimlik suvi berilmagan.

Kutiş vaqti taşuvçi qoidalarida belgilangan muddatdan oşgan hollarda mehmonxona bilan ta’minlaş, aeroportdan vaqtinçalik yaşaş joyiga olib boriş va qaytariş xizmatlari ham bajarilmagan.

Bundan taşqari, çiptada körsatilgan tutaş reyslarga keçikiş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş kabi xizmatlar ham yetarli darajada qilinmagan.