9-14 sentabr kunlari Özbekiston Aeronavtika federatsiyasi, Mehmonxonalar assotsiatsiyasi, Gidlar uyuşmasi, Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi rahbarlari hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasiga taşrif buyurdi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmatining xabar berişiça, taşrifdan közlangan maqsad Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati örtasida turizm sohasida hamkorlik töğrisidagi bitimga muvofiq, turizm sohasidagi jamoat taşkilotlari yönalişida hamkorlikni mustahkamlaş, özaro tajriba almaşiş va bu borada qator kelişuvlarga erişişdan iborat.

9 sentabr kuni delegatsiya Turkiyaning Nevşehir (Kappadokiya) şahar hokimiyatida “KAP-HİP” Kappadokiya Turizm zonasi infratuzilma xizmatlari birlaşmasi raisi, şahar hokimi Rasim Ari hamda Nevşehir Aeronavtika federatsiyasi raisi Halil Uluyer bilan uçraşdi.

Nevşehir Turkiyaning havo şarlari bilan tanilgan eng yirik şaharlaridan biri hisoblanib, u yerga har yili 3,5 milliondan ziyod xorijiy turist taşrif buyuradi, içki sayyohlar soni 10 millionga yetadi, joylaştiriş vositalarida jami 30 mingga yaqin örin mavjud.  

Uçraşuvda Özbekistonning turizm salohiyati hamda investitsion imkoniyatlari haqida ma'lumot berilib, Özbekistonda turizmning yangi turlari, jumladan ekstremal va yoşlar turizmini rivojlantirişda hamkorlik qiliş masalasi muhokama etildi. Nevşehir şahar hokimi Rasim Ari hamda şahar Aeronavtika federatsiyasi raisi Halil Uluyer turizm sohasida hamkorlik qiliş maqsadida Özbekistonga taşrif buyuriş istagi borligini ta'kidladi.

“KAP-HİP” Kappadokiya Turizm zonasi infratuzilma xizmatlari birlaşmasiga a'zo hisoblangan, havo şari parvozi bilan şuğullanuvçi taşkilotlarning faoliyati bilan yaqindan tanişiş maqsadida “Atmosfer Balloons” kompaniyasida uçraşuv taşkil etildi.

“Atmosfer Balloons” kompaniyasi 1992 yilda taşkil etilgan bölib, öz faoliyatini 2 ta havo şari bilan boşlagan. Bugungi kunda 130 ga yaqin havo şarlari mavjud bölib, uşbu xizmatdan kuniga 4 mingdan ziyod turist foydalanmoqda.

Mazkur kompaniya rahbari Sevni Peker Özbekistonda havo şarida muntazam parvozlarni taşkil qiliş böyiça turizm klasterini yaratişga qiziqiş bildirdi.

Uçraşuv yakunida Özbekistonda turizmning jozibadorligini oşiriş, uning turlarini köpaytiriş va rivojlantiriş böyiça Özbekiston Aeronavtika federatsiyasi Nevşehir Aeronavtika federatsiyasi hamda “Arhrodisias Ballons” kompaniyasi bilan hamkorlik qilişga kelişib olindi.