2019 yil 10 sentabr kuni parlament quyi palatasida deputatlar, soha mutaxassislari iştirokida “Energiyadan oqilona foydalaniş töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamasiga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
Ta'kidlanganidek, loyihaning asosiy maqsadi energetika tarmoqlarida hosil qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi, yoqilği hamda boşqa noan'anaviy energiya resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohada oqilona foydalaniş, energiya resurslari iste'moli samaradorligini ta'minlaş, zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş xizmatlarini körsatişning huquqiy asoslarini takomillaştiriş hisoblanadi.
Tadbirda deputatlar tomonidan “Energiyadan oqilona foydalaniş töğrisida”gi qonuni ijrosi böyiça hududlardagi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda ötkazilgan nazorat-tahlillar hamda saylovçilar bilan joylardagi uçraşuvlarda energiya resurslari iste'moli samaradorligini monitoring qilişning ta'sirçan tizimi, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, muassasalar va taşkilotlarda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş böyiça xizmatlarning mavjud emasligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş işlarining sustligi, energiya resurslari xarajatlarini maqbullaştiriş imkonini bermayotganini körsatayotgani qayd etildi.
Sohada amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligini ta'minlaş maqsadida olib borilgan örganişlar yakuni böyiça 2018 yil noyabr oyida Iqtisodiyot vaziriga “Özbekistonda energiya resurslaridan samarali foydalaniş va energiya tejovçi innovatsion texnologiyalarni qöllaş istiqbollari töğrisida”gi masala yuzasidan parlament sörovi yuborilgan edi.
Ötkazilgan tadbirlar va örganişlar yakuniga köra, sohani tartibga soluvçi amaldagi qonunni takomillaştiriş zarurati mavjudligini körsatdi. Şu bois mazkur qonun loyihasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga doir qator qarorlarida belgilangan huquqiy normalar bilan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytiriş borasidagi işlarni kompleks taşkil etiş, yoqilği-energetika resurslaridan samarali foydalanişni ta'minlaş közda tutilgan.
Qonun loyihasida Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining vakolatlari aniq belgilab berildi. Jumladan, köp kvartirali uylarda energiya samaradorligi toifalarini aniqlaş qoidalarini belgilaş, qöşimça energiya samaradorligi körsatkiçlari bölişi şart tovarlar, işlar, xizmatlar tarkibini belgilaş, energiya samaradorligi past bölgan mahsulotlarni mamlakatda işlab çiqarilişini yoki importini çeklaş, davlat organlari va taşkilotlariga energiya resurslarini iqtisod qiliş, undan oqilona foydalaniş hamda energiya samaradorligini oşiriş yuzasidan qonunçilik talablariga rioya etilişi böyiça davlat nazorati tartibini belgilaş kabi qöşimça normalar kiritilmoqda.
Davra suhbatida qayd etilişiça, loyiha bilan amaldagi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilişi mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy ösiş sur'atlarini, xususan, davlatimizning xalqaro imijini oşiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilar mahsulotlarining raqobatbardoşligini ta'minlaş, biznesda barqaror foydaga erişiş imkoniyatini yaratiş, budjetga tuşumlarni köpaytiriş hamda xalqning real daromadlarini oşirişga xizmat qiladi.












