Xitoy hukumati 17 sentyabrdan AQŞda işlab çiqarilgan 16 xil mahsulot, jumladan, dorilar, pestitsid va lubrikantlardan 25 foizlik boj tölovlarini olib taşlaşga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda. Bojlar 2018 yilda joriy etilgandi. 

Uşbu röyxatdan Amerika eksportining asosiy mahsulotlari – soya, çöçqa göşti va makkajöxori örin olmadi.

Xabarda aytilişiça, bundan taşqari, bojlar bekor qilinişi mumkin bölgan mahsulotlarning yangi röyxati körib çiqilmoqda. 

Xitoy va AQŞ 1 sentyabrdan özaro yangi bojlarni joriy etdi va agarda navbatdagi muzokaralarda kelişuvga erişilmaydigan bölsa, 15 dekabrdan yangi bojlar joriy etilişini e'lon qildi. Muzokaralar oktyabrda Vaşingtonda bölib ötişi rejalaştirilgan.