2020 yilda Turkiya armiyasida kamikadze-dronlarning birinçi bölinmalari şakllantiriladi. Hurriyet gazetasining yozişiça, dronlar mamlakat şarqida va Turkiya-Suriya çegarasida qöriqlaş işlarini olib boradi hamda jangovar operatsiyalarda qatnaşadi.
KARGU avtonom kvadrokopterlari Turkiyaning STM kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan.
STM boş direktori Murat Ikinjining sözlariga köra, har bir bölinmada möljalga oliş va qiyofani taniş tizimlari bilan jihozlangan hamda sun'iy ong yordamida har qanday jangovar topşiriqni bajara oladigan 30tadan dron böladi.
"Dronning parvoz masofasi 15 kmni taşkil etadi, oğirligi 70 kiloli dron havoda yarim soatgça tura oladi. Agarda portlovçi modda olib ketayotgan bir dron işdan çiqsa, uning örnini boşqasi egallaydi va topşiriqni bajarişni davom ettiradi. Kamikadze-dronlar raketalarga nisbatan arzon tuşadi", dedi Ikinji.












