Parij sudi Saudiya Arabistoni podşohi Salmonning qizi va valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saudning singlisi Hassa bint Salmonni 10 oylik şartli qamoq jazosi va 10 ming yevro jarimaga tortdi. Reuters axborot agentligining xabar berişiça, malika Fransiya fuqarosini zöravonlik bilan vaqtinçalik ozodlikdan mahrum qilişda şerik deb tan olingan.
Bundan taşqari, malikaning tansoqçisi ham 8 oylik şartli qamoq jazosi va 5 ming yevro jarimaga tortilgan.
Malikaning özi hukm çiqarilişida iştirok etmagan.
Gap 2016 yilda malikaning Parijdagi qarorgohida yuz bergan voqea haqida bormoqda. Voqea malikaning uyiga xizmat körsatuvçi texnik uyning yuqori qavatlaridan birida eşikni böyayotganda yuz bergan. Işçi u yerdan malikaning xonasiga rakovina sinib qolgani sababli çaqirtirilgan. U ta'mirlaş işlariga kirişiş oldidan vannaxonada öz telefoniga bir neçta suratlar olgan. Ta'kidlanişiça, Fransiyada bu odatiy jarayon hisoblanadi.
Biroq suratlari matbuotda e'lon qilinmasligi bilan tanilgan malika işçini aynan uni suratga olmoqçi bölganlikda ayblagan. Şundan keyin u özining tansoqçisi Rani Saidiyni işçi bilan gaplaşib qöyiş uçun çaqirtirgan. Tansoqçi işçini qörqitib, uni döpposlaşga tuşgan. Işçi 15 daqiqaça şunday qiynalgaç, tiz çökib, malikaning tuflisini öpişga majbur qilingan.
Tergovning aniqlaşiça, bularning barçasi malikaning buyruği bilan amalga oşirilgan. Unga nisbatan 2017 yil dekabrda hibsga oliş orderi berilgan.
Ekspertiza jabrlanuvçining yuzida va bilagida mömataloq izlarini aniqlagan. Işçining sudda ta'kidlaşiça, malika voqea vaqtida “Bu itni öldir, u yaşaşga haqli emas!” deb baqirgan.












