Parij sudi Saudiya Arabistoni podşohi Salmonning qizi Hassa bint Salmon va uning tansoqçisi Rani Saudiy işi böyiça sud jarayonini boşladi. Ularning ikkisi 2016 yilda podşohning qizi uyida ta'mirlaş işlarini bajargan misrlik Aşraf Idni tahqirlaşda ayblanmoqda.
BBC News telekanali ma'lumotlariga köra, malika va jabrlanuvçi sud majlisiga kelmagan.
Sudyalar oldida faqatgina malikaning tansoqçisi javob bergan. Malikaning advokatlari uni ğamxör, kamtarin va odobli ayol sifatida ta'riflaşgan va misrlik işçini tuhmat qilayotganlikda ayblaşgan. Tansoqçi ham öz aybini tan olmagan.
Misrlikning aytişiça, u malikaning vannaxonasini suratga olayotganda malika buning ustidan çiqib qolib, tansoqçisiga uni kaltaklaşni buyurgan. Tansoqçi işçini kaltaklab, uni boğlab, malikaning oyoqlarini öpişga majbur qilgan. Işçining aytişiça, u vannaxonada işlarni boşlaşdan oldin u yerdagi buyumlarning joyini suratda muhrlamoqçi bölgan. Biroq malika işçiga işonmay, uni haqoratlagan. Malikaning fikriça, u suratlarga tuşib qolgan va işçini bu suratlarni mömaygina pulga sotmoqçi bölişda ayblagan.
Misrlik bilan yuz bergan voqeadan keyin malika Fransiyani tark etgan va hozir xalqaro qidiruvga berilgan. Taxmin qilinişiça, u Saudiya Arabistoniga qaytgan va u yerda uy qamoğida saqlanmoqda.












