Joriy yilning 12 sentabr kuni Sirdaryo tumanida Respublika mahallalar kengaşi tomonidan Içki işlar vazirligi va “Nuroniy” jamğarmasi bilan hamkorlikda “Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlaştiriş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini olişda keksa avlod vakillarining örni” mavzusida seminar ötkazildi.

Seminar davomida Sirdaryo tumanidagi oilalar va mahallalarda tinçlik va xotirjamlik muhitiga raxna solib turgan jinoyatçilik, oilaviy ajrim, öz joniga qasd va suiqasd qiliş körsatkiçlarining amaldagi holati muhokama qilinib, profilaktik tadbirlarni amalga oşirişda davlat va jamoat taşkilotlari oldida turgan muhim vazifalar haqida kelişib olindi.

Respublika Mahallalar kengaşi raisi örinbosari Botir Parpiyev tomonidan islohotlar davri mahallalar, jumladan,  keksa avlod vakillari oldiga qöyayotgan salmoqli vazifalar, keksalar va  nuroniylardan ijtimoiy faollik, uyğoqlik, islohotlar jarayonida kamarbasta böliş kutilayotgani qayd etilib, mavjud holat tahlil qilindi.

Jumladan, ajrimlar, oila-turmuş munosabatlarida jinoyatçiliklarning oldini oliş;

juda köp salbiy illatlarga yöl oçayotgan, oilalar mustahkamligiga putur yetkazib, ijtimoiy tabaqalanişga olib kelayotgan töy-haşam va oilaviy marosimlarni kamxarj, kamçiqim ötkaziş böyiça keksa avlod vakillarining faolligi yetarli emasligi ta'kidlandi.

“Keksalar maslahati” guruhlari orqali fuqarolik jamiyati şakllanişi jarayonining muhim şartlaridan bölgan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş haqida takliflar berildi.
 
Tadbirda Içki işlar vaziri örinbosari M.Jörayev tomonidan ta'kidlanganidek, “Jinoyatçilik holati respublika miqyosida joriy yil 8 oyi davomida barça yönalişdagi jinoyatlar 28,8 foizga (30547 tadan 21723 taga) va jinoyat qidiruv yönalişida 37,6 foizga (18971 tadan 11830 taga) kamayişiga erişildi.

Jamiyatimizda jinoyatlarning sodir etilişi va kelib çiqişining asosiy omillaridan biri sifatida aholining bandligi ta'minlanmaganligi yoki oilalardagi nosoğlom muhitning şakllanganligi ham özining salbiy ta'sirini körsatmoqda.

Joriy yilning ötgan davri mobaynida respublikada işsiz yurgan şaxslar tomonidan 5 226 ta jinoyatlar sodir etilişi bilan izohlaş mumkin. Bu raqam Sirdaryo viloyatida 97 ta, jinoyatlar 90 nafar şaxslar tomonidan sodir etilgan. Sirdaryo tumanida jami 4 939 nafar işsizlar mavjud bölib, şundan 29 ta jinoyatni 27 nafar şaxslar sodir etgan. 

Tumanda joriy yil 8 oyi davomida barça yönalişdagi jinoyatlar 28,4 foizga (886 tadan 634 taga) va jinoyat qidiruv yönalişida 32,5 foizga (486 tadan 238 taga) kamaygan. Biroq, jinoyat turlaridan öta oğir jinoyatlar 7,1 foizga (28/30), oğir turdagi jinoyatlar 7,5 foizga (93/100), şuningdek, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş 8,0 foizga (12/13), qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş 100,0 foizga (3/6) va qasddan badanga yengil şikast yetkaziş 44,4 foizga (4/9) köp sodir etilgan.

Jinoyatlarda iştirok etgan şaxslar böyiça tahlil qilinganida, ilgari sudlangan şaxslar tomonidan 57 ta jinoyatni 62 nafar, voyaga yetmaganlar tomonidan 10 ta jinoyatni 11 nafar, yoşlar tomonidan 136 ta jinoyatni 159 nafar va ayollar tomonidan 61 ta jinoyatni 66 nafar şaxslar tomonidan sodir etilganligi kuzatilgan. Şuningdek, Sirdaryo viloyatida mavjud 222 ta mahallalarning 134 tasida yoki 60,3 foizida jinoyatlar sodir etilişiga yöl qöyilgan bölsa, 48 tasida yoki 21,6 foizida jinoyatlar soni ortib ketgan.

Oila-turmuş munosabatlari doirasida sodir etilayotgan mudhiş oğir va öta oğir turdagi jinoyatlar salmoği yuqoriligiça qolmoqda. Jumladan, respublikada sodir etilgan qotillik jinoyatlarining 40,4 foizi (230 tadan 93 tasi) oila turmuş munosabatlari doirasidagi kelişmovçiliklar tufayli sodir etilgan bölsa, Sirdaryo viloyatida 7 ta qotillik jinoyatining 4 tasi oila-turmuş munosabatlari doirasida bölib, şundan 1 tasi eri tomonidan xotiniga nisbatan, 1 tasi akasi yoki ukasiga nisbatan va 2 tasi qarindoşiga nisbatan sodir etilgan.
 
Respublika Mahallalar kengaşi raisi örinbosari B.Parpiyev tomonidan mahallalarda taşkilotlararo hamkorlikning bugungi kun talablariga javob bermasligi e'tirof etilib, aholi muammolari bilan işlaş borasida qator kamçiliklar sanab ötildi:

“Jumladan, ayrim mahallalarda fuqarolar yiğini hamda davlat va jamoat taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni qoniqarli deb bölmaydi. Buning natijasida aniqlangan muammolar tegişli mutasaddilarga vaqtida taqdim etilmayapti, ularning bartaraf etilişini heç kim nazorat qilmayapti. “Ta'sirçan jamoatçilik nazorati örnatiş” degan jumla faqat qoğozda qolib ketyapti. Natijada aholida mahallaga hamda tegişli mutasaddilarga nisbatan norozi munosabat yuzaga kelmoqda. 

Tadbir iştirokçilari tomonidan Sirdaryo viloyati faol keksalarining oila-turmuş munosabatlari doirasidagi jinoyatçiliklarning oldini oliş böyiça murojaat qabul qiliş haqidagi takliflari  ma'qullandi.