2019 yil 27 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda deputatlar mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan mustahkamlaşga qaratilgan bir qator qonun loyihalari muhokama qildilar.
Iqtisodiyotning barça tarmoqlarini jadal rivojlantiriş, investitsiyaviy jozibadorlik va işbilarmonlik faolligini oşiriş, işlab çiqariş hamda xizmatlar körsatiş sohasini kengaytiriş maqsadida işlab çiqilgan “Energiyadan oqilona foydalaniş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi bir guruh deputatlar tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida tayyorlangan.
Qayd etilganidek, mamlakatda neft-gaz va elektr energetika tarmoği taşkilotlarining işlab çiqariş jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etişni rağbatlantiriş, energiya resurslarini tejaş va energiya samaradorligi darajasini oşiriş ustuvor vazifalardan biridir.
Qonun taşabbuskorlari tomonidan hududlarda “Energiyadan oqilona foydalaniş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi böyiça ötkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari, şuningdek saylovçilar bilan joylarda bölib ötgan uçraşuvlar davomida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya resurslaridan oqilona foydalaniş masalalari örganildi.
Mazkur jarayonlarda energiya resurslari iste'molining samaradorligini monitoring qilişning ta'sirçan tizimi, şuningdek davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, muassasalar va taşkilotlarda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş böyiça xizmatlarning mavjud emasligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş işlarining sustligi energiya resurslari xarajatlarini maqbullaştiriş imkonini bermayotgani aniqlandi. Ötkazilgan tadbirlar natijasi sohani tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş zarurati mavjudligini körsatdi. Aynan şu jihatlar mazkur qonun loyihasini tayyorlaşga asos böldi.
– Qonun loyihasining maqsadi energetika tarmoqlarida hosil qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi, boşqa noan'anaviy energiya resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada yanada oqilona foydalanişning, energiya resurslari iste'molining samaradorligini va zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş xizmatlari körsatişning huquqiy asoslarini takomillaştirişdan iborat, – deydi ÖzLiDeP fraksiyasi a'zosi Qahramon Ergaşev. – Unda taklif etilayotgan normalar energiya resurslari xarajatlarini optimallaştirişga, energiya resurslari iste'molining samaradorligini tizimli monitoringini amalga oşirişga, iste'mol qilinayotgan energiya resurslari hajmini kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarni belgilaşga, mamlakatda barqarorlik va iqtisodiy ösişni mustahkamlaşga, budjetga tuşumlarni köpaytirişga hamda aholining real daromadlarini oşirişga xizmat qiladi.
Yiğiliş davomida deputatlar tomonidan kun tartibiga kiritilgan bir qator qonun loyihalari, şuningdek fraksiya vakolatiga kiruvçi boşqa masalalarni ham körib çiqildi.












