Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va RF kengaşi Federal Majlisi Federatsiya kengaşi raisi Valentina Matviyenko simpoziumlar saroyida parlamentlararo komissiya majlisida sözga çiqişdi. Majlisda millatlararo munosabatlar, mamlakat hududida yaşovçi millat vakillari, muhojirlar, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga ijtimoiy yordam masalalari haqida söz bordi.

«Ikkinçi jahon uruşi davrida yarim millionga yaqin özbekistonlik jang maydonlarida halok böldi. Balki 9 may kuni har xil nomlanayotgandir, lekin bu kunning ma'nosi bir xil. Baribir u bizning qalblarimizda qahramonlik nişonasi sifatida yodda saqlanaveradi. Men yangi saylangan vaqtimda senatorlarga taklif bilan çiqqan edim. Bu kunda bayram, tantanalar qiliş kerak, albatta. Lekin asosiy masala sifatida aytgandimki, uruş qatnaşçilari bizda juda oz qoldi. Kelinglar, ularning yaşaş şaroitiga qadar kirib boraylik. Qanaqa joyda yaşamoqda, qiziqaylik. Balki u dori-darmonlarga yoki boşqa yordamlarga muhtojdir. Kelinglar, biz şu işni parlament darajasida qilaylik. Har bir uruş qatnaşçisini örganaylik. Va u qanday yordamga muhtoj bölsa, şungaça yetib boraylik», – deya Matviyenkoning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Matviyenko öz nutqida şuningdek, 1966 yilgi Toşkent zilzilasi haqida eslab ötdi.

«Biz 1966 yilgi Toşkent zilzilasini unutmasligimiz kerak. Bu va uruş yillaridagi Toşkent xalqining jasoratini körsatib berdi. Bir yarim millionlik aholini ular nafaqat qabul qildi, ularga qisqa vaqt davomida front uçun işlab çiqaruvçi sanoat sohasida iş bilan ham ta'minlab berdi», – deb ta'kidlab ötgan Matviyenko.