Bugun, 2 oktabr kuni «Tashkent book fest – 2019» I Toşkent xalqaro kitob körgazma-yarmarkasi öz işini boşladi. Unda milliy va xalqaro naşriyot vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etmoqda.

Jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Qozoğiston va Qirğiziston davlatlarining 18ta naşriyoti va 30dan ortiq mahalliy naşriyotlar öz kitoblarini jamoatçilikka namoyiş qilmoqda. 

«Ayni paytda körgazmada odamlar kitoblarimizga va german tiliga qiziqiş bilan qaramoqda. Ta'kidlaş joizki, naşriyotimiz Germaniyaning eng yaxşi maktab naşrlarini çop etadi. Bundan taşqari, turli xorijiy tillardagi kitoblarni ham bosmadan çiqaramiz», - deydi körgazma iştirokçilaridan biri, Germaniyaning Klett naşriyoti xodimi Sandra Ramsperger.

Yarmarkada iştirok etayotgan adabiyotşunos Şuhrat Rizayev kitob körgazmalari butun dunyoda doimiy ötkazib borilişi, ularning ilk bor Özbekistonga ham köçişi esa ijobiy hodisa ekanini, ayni mana şunday körgazmalar bilan odamlarning kitobxonlikka qiziqişi yanada oşişi mumkinligini ta'kidladi.

«Ayni damda Xitoy ijodiyotining durdona asarlarini namoyiş qilyapmiz. Ular orasida bolalar adabiyoti, xitoy tilini ingliz tilida örgatuvçi turli izohli kitoblar ham bor. Turli darsliklar ham körgazmamizdan joy olgan. Uşbu xalqaro yarmarka haqida esa faqat bitta narsa deyişim mumkin: bu kabi tadbirlar Özbekistonga kerak», - deydi Xitoy madaniy markazi direktori janob Yang. 

Körgazmada mahalliy naşrlarning stendlari orqali çet ellik naşriyot vakillariga ham Özbekiston bosma sanoati haqida ma'lumot beriş loyihaning asosiy maqsadlaridan biri bölmoqda. 

«Hilol» naşriyoti ham körgazmada yangi asarlar bilan iştirok etyapti. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari jamlanmasi, yozuvçi Tohir Malik töplamlari ham şular jumlasidan. Bundan taşqari, körgazmada alohida bepul wi-fi zonasi taşkil etiş bilan öquvçilarga naşriyotning elektron bazasidagi kitoblarni öqiş imkoni berildi», - deya ma'lumot berdi «Hilol» naşri boş muharriri Yorqinjon Haydarov. 

«Şarq» naşriyoti marketing bölimi boşliği Avaz Soliyevning ta'kidlaşiça, uşbu naşriyot ham bir qator adiblarimizning yangi asarlarini taqdim etişmoqda. Turli sara asarlarning davomiy tarzda çop etilgan kitoblari, ayniqsa, kolleksiyaning muhim qismi hisoblanadi. 

Ma'lumot uçun, «Tashkent book fest – 2019» xalqaro körgazma-yarmarkasi 4 oktyabrgaça davom etişi rejalaştirilgan bölib, turli taqdimotlar, viktorinalar, mahorat darslari ötkazilişi rejalaştirilgan.