2019 yilning 3 oktabr kuni soat 11:26da Toşkent viloyati, Zangiota tumani, Nurafşon MFY, Oxunboboyev köçasida joylaşgan Kvint MÇJga qaraşli avtomobil salonlariga rezinali gilamça (polik) işlab çiqariş sexida yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida voqea joyiga yettita yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Birinçi bölinmalar çaqirilgan manzilga yetib borganda, işlab çiqariş sexining faoliyati töxtatilgan yordamçi binosi oçiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bölgan.
Yonğin soat 12:05da örab olinib, 13:38da bartaraf etilgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğindan sexning 300 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bölganlar qayd etilmagan. Yonğin oqibatida işlab çiqariş sexi yordamçi binosining 150 kv. metr maydoni yonib zararlangan.
Yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












