4 oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi raisi Valentina Matviyenkoning 1-3 oktabr kunlari Özbekistonga amalga oşirgan rasmiy taşrifi yakunlari böyiça matbuot anjumani bölib ötdi. Anjumanda taşrif doirasida ötkazilgan Hamkorlik böyiça parlamentlararo komissiyaning törtinçi majlisida körilgan masalalar xususida ma'lumot berildi.
Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi, senator Alişer Kurmanovning ta'kidlaşiça, Hamkorlik böyiça parlamentlararo komissiyaning törtinçi majlisida Tanzila Norboyeva va Valentina Matviyenko örtasida kelişuv imzolangan.
Bu kelişuv Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Federatsiya kengaşi örtasida qonunçilik böyiça tajriba almaşinuvining doimiy yölga qöyilişini nazarda tutadi.
«Şuningdek, Hamkorlik böyiça parlamentlararo komissiya majlisida parlamentning davlat budjeti sarfi ustidan nazorat mexanizmini joriy qilişda özaro tajriba almaşişga kelişib olindi. Budjet ustidan parlament nazoratining örnatilişi Rossiya uçun ham, Özbekiston uçun ham yangi amaliyot, şu bois bu masalada hamkorlik tahlillari olib boriladi», – deydi Alişer Kurmanov.

Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyevning qayd etişiça, ikki mamlakat örtasidagi savdo-tijorat munosabatlarini mustahkamlaş, Özbekistonning Rossiya bozoriga kirib borişi, eksport hajmini oşiriş masalasi körib çiqilmoqda.
«Buning uçun normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqiş, bojxona, fitosanitariya, tranzit tariflari kabi masalalarni hal qiliş ustida boş qotirilmoqda», ─ deya ta'kidlaydi Safoyev.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Rossiya parlamentlararo kengaşining 2 oktabr kungi yiğilişida Sodiq Safoyev «Rosselxoznadzor»ning Özbekistonda vakolatxona oçişini taklif qilgan edi.












