Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdöğan AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanadigan "Suriya demokratik kuçlari" (SDK) kurd qurolli koalitsiyasiga qarşi operatsiya e'lon qilganidan keyin Turkiya Suriya bilan çegaradoş Akçakala uyezdiga qöşimça qöşin va texnikalarni yubordi. Bu haqda Bloomberg agentligi mahalliy televideniyega asoslanib xabar berdi.
Qayd etilişiça, avvalroq Turkiya rahbari Anqara "tayyorgarlikni tugatgani, operatsiya rejasini işlab çiqişni yakunlagani" va şuningdek, "kerakli buyruqlar berilgani" haqida aytgandi. Erdöğan, şuningdek, Suriya şimolidagi harbiy operatsiya yer va havo orqali amalga oşirilişini bildirgan. Turk harbiy aralaşuvining maqsadi Turkiyadagi suriyalik qoçqinlarni bufer hududiga joylaştiriş va kurd qurolli koalitsiyasi kuçlarini siqib çiqarişdir.
Avvalroq, SDK vakili Mustafo Bali turk qöşinlari Suriyaning şimoliy-şarqiy hududlariga bostirib kirgan taqdirda ularga qarşi qarşi harbiy operatsiya boşlaşini aytgan edi.
Avgust oyida AQŞ va Turkiya Suriya-Turkiya çegarasida xavfsizlik hududini taşkil etişga kelişib olganliklari haqida xabar berilgandi. Turkiya tomoniga köra, yuz minglab suriyalik qoçqinlar Turkiyadan bufer zonaga qaytişlari mumkin.












