2019 yilning 6 oktabr kuni soat 23:48da Qoraqalpoğiston Respublikasi, Beruniy tumani, Navoiy MFY, Berdaq köçasi, 34-uyda yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotiga köra, bölinmalar körsatilgan manzilga 2 daqiqada yetib borgan. Yonğin öçiruvçilarning tezkor harakatlari natijasida yonğindan uyning 60 kv. metr maydoni saqlab qolingan va qöşni uylarga alanganing tarqalişi oldi olingan. 

Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bölganlar qayd etilmadi. Biroq, yonğin haqida alanga maydoni kengayib ketgandan söng yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar berilgani uçun 3 ta yonğin öçiriş bölinmalari voqea joyiga yetib borganda, imoratning asosiy tom quriliş konstruksiyalari yonayotganligi ma'lum bölgan. 

Foto: FVV YoXBB

Yonğin oqibatida yaşaş uyining 90 kv. metr maydonda tomi, şifti va içki jihozlari yonib zararlangan. Hodisaning taxminiy sababi - elektr simlarida qisqa tutaşuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.