JÇ-2022 saralaşidan örin olgan Özbekiston — Yaman öyinidan oldin har ikki jamoa murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda qatnaşgan Özbekiston milliy jamoasi murabbiyi Vadim Abramov jamoa yaxşi kayfiyatda ekanini ma'lum qildi.

«Kim bilan öynayotganimizni hamma biladi. Yigitlar qanday holatda turganimizni bilişadi, oçko yöqotişga haqqimiz yöq. Jangovor tayyorgarlikdamiz desak böladi.

Bilişimça, raqibning 10-raqamli futbolçisi öynamas ekan. Bu borada omadimiz kelganmi yoki yöq bir nima deya olmayman. Tuşunişimça, ularda oldinda öynaydigan bitta hujumçi qolyapti. Yaman xotirjam öynaydi va oldingi ötişga şoşmay, öz imkoniyatini kutadi. Ammo şunday öyin bilan ular Saudiyaga ikkita gol urişdi, Singapurga ham. Raqibning qarşi hujumlari haqida yigitlarni ogohlantirdik. Ular zamonaviy til bilan aytganda avtobus qöyib öynaydi, ammo bunga aldanmaslik kerak.

Yamandagi holat sabab ularda çempionat öyinlari bölmasa-da, milliy jamoa futbolçilari doim birga bölişadi. Ularning öyinlaridan bir-birlarini yaxşi tuşunişlari körinib turibdi. Biz öz imkoniyatimizni bilgan holda öynaşimiz kerak, biz Özbekistonmiz! Qoğozdagi gaplarning barçasini maydonda isbotlaşimiz kerak.

Bu mening birinçi öyinim ekani raqibga qiyinçilik tuğdirişiga umid qilaman. Oldingidan boşqaçaroq öyin körsatişimizni xohlayman, ammo oçiği qanday öynaşimizni hali özim ham bilmayman. Olimpiya jamoasiga qarşi öyin ham biz uçun foydali böldi, çunki olimpiyaçilarimizni yaxşi jamoa deb aytişimiz mumkin.

Uyda devorlar ham yordam beradi deyişadi, ammo ba'zan devorlar ortiqça bosim ham yuklaydi. Umid qilaman, muxlislarning taşrifi yigitlarga kuç beradi. Odil uçun oxirgi jahon çempionati saralaşi? Menimça, bunday emas. Odil ertaga asosiy tarkibda maydonga tuşa oladimi yöqmi bir narsa deya olmayman, çunki u jarohatidan tiklanmoqda.

Bizda hozir aniq vazifa qöyilgan — mana şu guruhdan çiqiş. Keyingi bosqiçda boşqa raqiblar haqida öylaşimiz mumkin. Biz faqat natija haqida öylab öyinni öylamaslikka ham haqqimiz yöq. Ba'zan öyinsiz ham natija kelişi mumkin, ammo men çiroyli öyin körsatişimizni ham xohlayman. Men hozir faqat Yaman haqida öylayapman.

Men hozir Kuperning uslubi haqida gaplaşmoqçi emasman, men öz öyinim haqida gapiraman. Yigitlarning barçasi professional, ular mening uslubini töğri tuşunişadi deb öylayman. Köramiz, maydonda nimalar bölarkin.

Futbolçiga bitta xato yoki bitta öyin bilan baho berib bölmaydi. Özbekiston milliy jamoasiga kelayotgan har bir futbolçi milliy jamoa uçun jonini berib öynaydi, bunga şubha qilmasangiz ham böladi. Oldin Maksimni tanqid qilişardi klubda yaxşi öynaydi, milliy jamoada yaxşi emas deb, hozir Odil haqida şanday gapirişadi, ammo işoning, ularning asosiy maqsadi jamoaning natijasi uçun öynaş.

Biz kengaytirilgan röyxatga köp futbolçilarni kiritganmiz, juda köp. Öyin uslubiga tuşadigan futbolçilarni tarkibga jalb qilaveramiz. Olimpiya jamoasida ham milliy jamoa uçun da'vogarlar bor.

«Paxtakor» stadionida öynayotganimiz yaxşi böldi, çunki bu maydonning holati juda yaxşi. «Bunyodkor» stadioni himoyalanayotgan jamoalar uçun qulayroq. Oldingi safar kelganimdagi jamoani hozirgisi bilan soliştiriş qiyin, bir oydan keyin sizga jamoaning imkoniyatlari haqida aniqroq gapirişim mumkin»,— deb murabbiyning sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.