2019 yilning 10 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov mamlakatda taşrif bilan bölib turgan elçilar – Vena şahridagi YeXHT huzuridagi a'zo davlatlarning doimiy vakillari delegatsiyasi bilan uçraşdi.
Özbekistonga şu formatda ilk bor taşrif bilan kelgan elçilarning nufuzli delegatsiyasini samimiy qutlab, Ilhom Ne'matov mamlakatning YeXHT bilan uning faoliyatidagi uç ölçam böyiça yaqindan hamkorlik qilişga tayyorligini tasdiqladi.
Uçraşuvda Özbekistonning taşkilot bilan hamkorligi ijobiy rivojlanayotgani qayd etildi. Xususan, joriy yil may oyida mamlakatga YeXHTning amaldagi raisi, Slovakiya taşqi va Yevropa işlari vaziri Miroslav Layçak taşrif buyurdi. Şu yil 22 dekabr kuni Özbekiston Oliy Majlisiga bölib ötadigan saylovni kuzatişda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining töliq missiyasi iştirok etişi kutilmoqda.
2017 yilda qabul qilingan 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantiriş harakatlar strategiyasiga mos ravişda amalga oşirilayotgan Özbekistonning içki va taşqi siyosatidagi keng kölamli islohotlar va çuqur özgarişlar elçilar tomonidan yuqori baholandi. Mazkur konseptual hujjat Özbekistonning demokratik huquqiy davlat va kuçli fuqarolik jamiyati quriş borasidagi qaraşi hisoblanadi.
YeXHT huzuridagi doimiy vakillar mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit şakllanişiga, davlatlararo işonç darajasining sezilarli oşişiga, an'anaviy döstlik va yaxşi qöşniçilik aloqalarining mustahkamlanişiga olib kelgan mamlakatning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatladilar. Bugun mintaqa davlatlari öta ta'sirçan masalalarga yeçim topa olişdi, savdo hajmlari oşmoqda, turli darajadagi aloqalar çuqurlaşmoqda.
Uçraşuvda tomonlarni qiziqtirgan boşqa dolzarb masalalar ham körib çiqildi.












