Turkiya qurolli kuçlari Suriyada ötkazayotgan “Tinçlik manbai” harbiy amaliyoti vaqtida 228 terrorçi yöq qilindi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 9 oktyabrda Suriyada harbiy amaliyot boşlanişini e'lon qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, bu amaliyotdan maqsad Suriya şimolidagi çegaradoş tumanlarda kurd jangarilari va IŞID tarkibiga kiruvçi guruhlar terrorçilariga qarşi kuraş hisoblanadi. 

Amaliyotda Turkiya qurolli kuçlari va Anqara tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi Suriya milliy armiyasi iştirok etmoqda. Rejaga köra, asosiy vazifa Suriya hududida Frot daryosidan Iroq çegarasigaça çözilgan, uzunligi 480 km va eni 32 kmlik jangarilardan xoli hudud taşkil etiş hisoblanadi.

Dastlab Turkiya AQŞ bilan kurd jangçilari va terrorçilardan xoli xavfsizlik hududi taşkil etişni kelişib olgandi. Biroq uşbu reja amalga oşişi oqsoqlagandan keyin Anqara özi mustaqil harakat qilişga qaror qilgan.