Yaponiyaga yopirilgan “Xagibis” töfoni qurbonlari soni 14 nafargaça oşdi, yana 16 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi.
Jabrlanganlar 120 kişidan köproqni taşkil qilmoqda.
TBS telekanali esa 22 kişi halok bölgani, 150 ga yaqin kişi jarohatlanganini ma'lum qilgan.
“Xagibis” töfoni 12 oktyabrda Yaponiyaning Xonsyu oroliga yopirildi. Töfon markazidagi şamol tezligi 45 m/soniyagaça, poytaxt Tokioda esa 41 m/soniyagaça yetgan. Bunday şamol yuk maşinasi, daraxtlar va elektr ta'minoti ustunlarini ağdariş uçun yetarli hisoblanadi. Mamlakatning 12 ta prefekturasi, jumladan Tokioda kuçli yomğirlar sababli xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilingan.
Kuçli şamollar sababli elektr uzatiş liniyalarida köplab uzilişlar yuz bergan. Ma'lum qilinişiça, 376 ming uy elektr energiyasiz qolgan.
11 mlnlik aholiga evakuatsiya qiliniş tavsiya yoki e'lon qilingan.
Şuningdek, töfon sababli Tokio körfazida Panamaga qaraşli kema çökib ketgan. Uning bortida 12 kişi bölgan, ulardan 3 nafarini qutqarişga muvaffaq bölingan. Ekipajning qolgan 9 a'zosi bedarak yöqolgan.












