Amaldagi qonunçiligiga muvofiq, eksportga jönatilayotgan hamda respublikaga import qilinayotgan ösimlik mahsulotlarini karantin tekşiruvidan ötkaziş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi zimmasiga yuklatilgan.
2019 yilning sönggi 8 oyi, ya'ni yanvar-avgust oylari davomida respublikadan eksport qilinayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan mavjud bölgan karantin organizmlari boşqa davlatlarga ötib tarqalişi yoki xorijdan import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlardagi zararli organizmlar respublika hududida tarqalib ketişining oldini oliş böyiça bir qator işlar amalga oşirildi.
«Özdavkarantin» inspeksiyasi axborot xizmati xabariga köra, 323 tonna (şundan 235 tonnasi qöl yuki, 88 tonnasi transport vositalari orqali), 10,25 mln. dona (şundan 41 ming donasi qöl yuki, 10,21 million donasi transport vositalari orqali) va 1317 m.kub miqdorida transport vositalari orqali respublikaga olib kirilayotgan ösimlik mahsulotlarida zararli organizmlar aniqlanganligi sababli çegara maskanlaridan qaytarib yuborildi. Qaytarib yuborişning imkoni bölmagan 3,1 mln. dona zararlangan köçatlar esa yoqiş yöli bilan tegişli tartibda yöq qilindi.
Şuningdek, xorijdan respublikaga import qilinişi rejalaştirilgan 72 tonna kartoşka yuk egalari tomonidan tegişli hujjatlar qalbakilaştirilgani aniqlanib, çegaradan ötkazilmadi. Şu bilan birga, 6 500 tonna miqdoridagi uruğlik kartoşka ösimliklar karantini böyiça mutaxassislar tomonidan fitosanitar holatni örganiş çoğida eksport qiluvçi davlatning özida qoniqarsiz deb baholandi va mamlakatga import qilinişiga yöl qöyilmadi.
Respublikadan çet davlatlarga çiqarilayotgan 63,5 tonna (14,5 tonnasi qöl yuki, 49 tonnasi transport vositalari orqali) va 7 ming dona (5 ming donasi qöl yuki, 2 ming donasi transport vositalari orqali) karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitar talablarga javob bermaganligi sababli eksport qilinişiga yöl qöyilmadi va ularga nisbatan karantin tadbirlari amalga oşirilib, belgilangan tartibda içki bozorga çiqarildi.
Tadbirkorlar faoliyatida yuqoridagi kabi holatlar sodir bölmasligi uçun quyidagilarga amal qilişi tavsiya etiladi:
qişloq xöjaligi mahsulotlari zararli organizmlardan holi hududlarda yetiştirilişi;
ekin hududlari karantin inspektorlari nazoratidan ötkazib borilişi;
eksport qilinadigan mahsulotlar fitosanitar talablarga töliq muvofiq kelişi;
eksportga yönaltirilgan karantin ostidagi mahsulotlarni transport birliklariga yuklaşdan oldin «Özdavkarantin» inspeksiyasining hududlardagi inspektorlariga murojaat qilinişi.












