Ötgan dam oliş kunlari Yaponiyaning markaziy va şarqiy hududlariga yopirilgan “Xagibis” töfoni qurbonlari soni 37 nafargaça oşdi, 13 kişi bedarak yöqolgan, 200 ga yaqin kişi jabrlangan.
Töfon ötgan hududlarda infratuzilma tiklanmoqda. Işlarga qutqaruvçilar va mudofaa kuçlari bölinmalari jalb qilingan.
Tokio va qöşni prefekturalarda elektr uzatiş liniyalari uzilgani sababli 53 mingga yaqin uy elektr energiyasiz qolmoqda. Butun mamlakat böylab 130 mingdan köproq kvartira va uylarda suv ta'minoti yöq.












