2019 yilning 13 oktabr kuni soat 11:02da Xorazm viloyati Xonqa şahri “Bunyodkor” mahallasi, Afsona köçasida joylaşgan 40 va 42-uylarda yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv qismiga xabar kelib tuşgan.

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, körsatilgan manzilga yettita yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Birinçi bölinmalar voqea joyiga 4 daqiqada yetib borgan. 

Yonğin öçiruvçilarning harakatlari natijasida yonğin soat 11:42da qurşab olingan va soat 12:06da bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bölganlar qayd etilmagan. Yonğin oqibatida 40 va 42-uylarning 100 va 200 kv. metr maydondan tom qismlari hamda u yerda saqlanayotgan somon presslari yonib zararlangan. Yonğindan uylarning 100 kv. metr maydonlari saqlab qolingan. 

Hodisaning kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.