Yaponiyaga ötgan dam oliş kunlari yopirilgan “Xagibis” töfoni qurbonlari soni 67 nafargaça oşdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Tabiiy ofat qurbonlari eng köp Fukusima prefekturasida qayd qilingan. Bu yerda töfon 25 kişining hayotini olib ketgan. Butun mamlakat böylab jabrlanganlar soni 200 dan oşib ketgan, 10 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
Ma'lum qilinişiça, tabiiy ofat ta'siriga uçragan hududlarda infratuzilmani tiklaş hamda qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda. Bu işlarga 11 mingga yaqin kişi, jumladan mudofaa kuçlari jangçilari jalb qilingan.
Talofat hududlarida 230 ga yaqin maktab işlamayapti, önlab supermarketlar yopilgan. 50 dan köproq joyda daryo va suv omborlarining özanidan toşişi qayd qilingan. Toşqinlar sababli bir qator temir yöl liniyalarida harakat hanuz yölga qöyilmagan.












